Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Angliyada 4 jamoa mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda (jadval)

Angliyada 4 jamoa mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda (jadval)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasining 12-tur uchrashuvlari doirasida «Liverpul» «Fulhem»ni mag‘lub etdi (0:0), «Chelsi» «Everton»ni yenga olmadi (0:0), «Siti» «Yunayted»dan ustun keldi (3:1) va «Arsenal» «Vulverhempton»ga qarshi o‘yinda oxirgi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Bu orqali yuqoridagi 4 jamoa ham mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Turnir peshqadami «Manchester Siti» mavsum boshidan buyon 10 uchrashuvda g‘alaba qozonib, 2 o‘yinda durang o‘ynagan, «Liverpul»da 9 g‘alaba va 3 durang, «Chelsi» 8ta g‘alaba va 4ta durang qayd etgan, «Arsenal» ham avgust oyining ikkinchi yarmidan buyon mag‘lubiyatsiz seriyani saqlab qolmoqda, Unai Emeri shogirdlari dastlabki ikki turda «Manchester Siti» (0:2) va «Chelsi»ga (2:3) yutqazganidan keyin 7 uchrashuvda g‘alaba qozonib, 3 bor durang o‘ynadi.

«Chelsi» esa mavsum davomida barcha turnirlar doirasida qatorasiga 18 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrmagan - 14 g‘alaba va 4 durang. Maurisio Sarri jamoasi mavsumdagi yagona mag‘lubiyatni 5 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun «Man Siti»ga qarshi o‘yinda qabul qilib olgandi (0:2).

Manba: Tribuna
Kiritildi: 01:08, 12.11.2018.
O'qildi: 2367 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.