Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

Mateo Kovachich: «Taom tayyorlashga hushim yo‘q»

Mateo Kovachich: «Taom tayyorlashga hushim yo‘q»

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Mateo Kovachich yaqinda «aristokratlar» klubi rasmiy saytiga intervyu berib, mashg‘ulotlar jarayoni, jamoadoshlarining o‘ziga xos jihatlari va boshqa mavzular haqida gapirdi.

- Oxirgi mashg‘ulotlarda eng yaxshi harakat qilgan kim bo‘ldi?

- Jamoaning barcha a’zolari murabbiy ishonchini oqlashmoqda. Lekin agar tanlaydigan bo‘lsam, Ryudigerni alohida ko‘rsatishim mumkin.

- Qaysi futbolchi darvozada o‘zini ko‘rsata oladi?

- Yana Antonio.

- Qaysi himoyachi hujumda o‘zini ko‘rsata oladi?

- Menimcha, David Luis bu pozisiyada yaxshi harakat qilsa kerak.

- Jamoa safarga borganda, kim bilan o‘tirasiz? Vaqtni qanday «o‘ldirasiz»?

- Murabbiyning orqasida yolg‘iz o‘zim o‘tiraman. Chunki u yerda bitta joy bor, xolos. Lekin Viktor Mozes menga yaqin joylashadi. Odatda, vaqtni o‘tkazish uchun kino ko‘raman yoki musiqa eshitaman.

- Yomon natijadan so‘ng kim ruhiyatni yaxshi ko‘taradi?

- Bu qiyin savol. Chunki men kelganimdan so‘ng hali yomon natija kuzatilmadi. Ammo bir nechta durang qayd etdik. Bunday vaziyatlarda «Chelsi»da ko‘pdan buyon o‘ynayotgan David, Aspi, Keyxillar ruhiyatni ko‘tarishadi. Umuman olganda, jamoa safida shunday vaziyatlarda yordam bera oladigan tajribali futbolchilar yetarli.

- Jamoada eng hazilkashi kim?

- David Luis va Ryudiger.

- Under the Bridge («Stemford Brij»dagi musiqiy klub) konsertiga jamoadoshlaringizdan kimni olib borgan bo‘lardingiz?

- Asosan xorvatcha musiqalarni eshitaman. Shuningdek, kolumbiyalik Belvinni tanlagan bo‘lardim. Madridda yashaganimda, asosan Lotin Amerikasi taronalarini tinglardim. Uning konsertiga jamoadoshlarimning barchasini boshlab borardim.

- Eng sershovqin futbolchi kim?

- Ryudiger.

- Eng yuvoshi kim?

- Bunday futbolchilar ko‘p. Lekin N~Golo birinchi o‘rinda.

- Mashg‘ulotlarda jarima zarbalarini kim yaxshi bajaradi-yu, biz bu haqda bilmaymiz?

- Lukas Pyazon jarimalarni ajoyib tarzda amalga oshiradi.

- «Instagram»da eng faoli kim?

- Bilmayman. Alvaro yoki David bo‘lishi mumkin. Men emasligim aniq.

- Muxlislar ijtimoiy saytlarda kimga ko‘proq obuna bo‘lishlari kerak?

- Menga.

- Kobxemda kim bilan birga ovqatlanasiz?

- Har safar hamrohim o‘zgaradi. Jamoadoshlarimning barchasi bilan yaxshi munosabatdaman.

- Qaysi taomni tayyorlashni yaxshi ko‘rasiz? Agar dugonangizni uchrashuvga taklif qilsangiz, qanday taom tayyorlab berardingiz?

- Umuman pishir-kuydirga tobim yo‘q. Hammasini turmush o‘rtog‘im qiladi. Unga faqat qahva tayyorlab beraman. Taom pishirishni istardim, lekin bu borada o‘quvim yo‘q. Shu bois ham uchrashuvga chaqirsam, dugonamni shunchaki restoranga boshlab borardim. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 06:25, 12.11.2018.
O'qildi: 3237 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.