"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Milan" hujumchisi Gonsalo Iguainnni qo‘llab quvvatladi.
Argentinalik futbolchi ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvida hisob 0:1 vaqtida penaltini aniq bajara olmadi, 0:2 vaqtida hakamga baqirdi va chetlatilib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi.
"Men Iguainni xotirjam bo‘lishini aytdim, aks holda u qattiqroq jazolanishi mumkin edi.
U ortiqsa ish qilgani yo‘q, shunchaki mag‘lubiyatdan jahli chiqqan edi. Bu tushunarli. Umid qilamanki, uni qattiq jazolamaydilar", - deydi Ronaldu.