Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Jahon chempionatida ishtirok etgan og‘ir atletikachilarimiz yurtimizda tantanali kutib olindi

Jahon chempionatida ishtirok etgan og‘ir atletikachilarimiz yurtimizda tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 1-10 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 88 mamlakatidan 600 dan ziyod sportchilar ishtirok etdi. Chempionatda o‘zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi. Bahslarda yurtimiz sharafini 12 nafar sportchi himoya qildi va atletlarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Bugun jahon chempionatida ishtirok etgan og‘ir atletikachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Toshkentdagi «Janubiy» vokzalda sport jamoatchiligi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada -102 kg vazn toifasida qatnashgan Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. -67 kg vaznli Doston Yoqubov siltab ko‘tarishda kumush medal sohibiga aylandi. -109 kg vazn toifasida bellashuvlarda Ruslan Nurutdinov siltab ko‘tarishda bronza medaliga ega chiqdi. +109 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rustam Djangabayev siltab ko‘tarish va ikkikurash natijalariga ko‘ra bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, musobaqada -102 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Akbar Jo‘rayev jahon chempionati kashfiyoti bo‘ldi. 19 yoshli sportchimiz kattalar o‘rtasidagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Olimpiya o‘yinlariga hali vaqt borligini inobatga olsak, 2020 yilda u 21 yoshga to‘ladi va ayni kuchga kirgan payti bo‘ladi. Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini beruvchi musobaqalar 6 ta edi. Ashxobodda ularning dastlabkisi yakunlandi. Endi Olimpadagacha sportchilarimiz yana 5 ta musobaqada ishtirok etadilar va umid qilamizki ushbu bahslar yakuniga ko‘ra polvonlarimiz terma jamoamiz uchun maksimal yo‘llanmalarni qo‘lga kiritadilar.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchi va murabbiylarimizni, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasini muborakbod etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:43, 12.11.2018.
O'qildi: 3876 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.