Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga-2017/18 sovrindorlari taqdirlandi: Messi, Oblak, Marselino...

La liga-2017/18 sovrindorlari taqdirlandi: Messi, Oblak, Marselino...

Baho:
+ | -

Ispaniyaning yetakchi nashrlaridan biri "Marca" La liganing 2017/18 yilgi mavsumi yakunlari bo‘yicha bir nechta nominasiyalarda eng yaxshilarni e’lon qildi.

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shu bois, argentinalik futbolchiga Di Stefano nomidagi maxsus sovrin topshirildi. Messi hisobidagi bunday sovrinlar soni 6taga yetdi.

Bundan tashqari, "Barsa" yetakchisi Primeraning eng yaxshi to‘purariga atalgan Pichichi sovrinini ham qabul qilib oldi. Leo o‘tgan mavsumda La liga doirasida 36ta o‘yinda maydonga tushib, 34ta gol urdi. 31 yoshli futbolchi faoliyati davomida beshinchi marta La liga to‘purariga aylandi.

Madridning "Atletiko" klubi posboni Yan Oblak, o‘z navbatida, Ispaniya chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Sloveniyalik darvozabon faoliyati davomida uchinchi marta Samora sovriniga ega chiqdi. Oblak 2017/18 mavsmda "matraschilar" darvozasini 37ta o‘yinda qo‘riqlab, ularda 22ta to‘p o‘tkazib yubordi.

"Valensiya" ustozi — Marselino Garsiya Toral La liganing eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Unga Migel Munyos nomidagi sovrin taqdim etildi. U faoliyatida ilk marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi murabbiyi sovrinini qabul qildi.

Darvoqe, sovrinlarni topshirish marosimi Barselona shahrida bo‘lib o‘tdi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 21:57, 12.11.2018.
O'qildi: 8347 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.