Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Yakunga bir tur qolganida «Andijon» Superligaga yo‘l oldi. (ma’lumotlar)

Yakunga bir tur qolganida «Andijon» Superligaga yo‘l oldi. (ma’lumotlar)

Baho:
+ | -

Bugun Pro-liga "A" guruhida 35-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mavsum yakuniga yana bitta tur bor bo‘lsa-da, sovrindor jamoalar nomi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Jumladan, “A” guruhida dastlabki uch o‘rindan joy oladigan jamoalar nomi allaqachon ma’lum.

Bugun Pro-liga "A" guruhining 35-turi doirasida “Istiqlol”dan ustun kelgan "Andijon" so‘nggi turda qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar, 1-o‘rinni egallashi oydinlashdi.  Zero, ayni paytda 2-pog‘onada borayotgan “Mash’al” “Andijon”dan 3 ochko ortda bo‘lsa ham, o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, so‘nggi turdan keyin “Andijon”dan oldinga o‘tib keta olmaydi. Bu esa andijonliklarning muddatidan avval 1-pog‘onani band etganini anglatadi. 

Bilasiz, Pro-liga “A” guruhida 1-o‘rinni egallaydigan jamoa kelasi yili Superligada qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu sababdan Professional Futbol Ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov boshchiligidagi ishchi guruh bugun Andijonda bo‘ldi va klubning ayni paytdagi holati va kelasi mavsum uchun rejalari bilan tanishdi. Qolaversa, markaziy o‘yinni bevosita “Sog‘lom avlod” o‘yingohidan kuzatdi. 

“Andijon” Pro-ligada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, yaqinda ishlab chiqilgan “O‘FA va PFL doirasidagi musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” talablarini bajarish uchun jiddiy bel bog‘lashi shart.

Bugungi tur o‘yinlaridan so‘ng Pro-liga “A” guruhida 2 va 3-o‘rin egalari nomi ham aniq bo‘ldi. “Mash’al” jamoasi 2-o‘rinni naqd qilib ulgurgan bo‘lsa, “Istiqlol” 3-pog‘onaga joylashishi oydinlashdi. Zero, “Istiqlol”dan bir ochko kam jamg‘argan “Surxon” uchun 2018 yilgi mavsum yakunlandi. Termizliklar so‘nggi turda dam olishadi.

Pro-liga “B” guruhida ham sekin-asta musobaqa jadvalining yuqori o‘rinlarini egallaydigan jamoalar oydinlashib bormoqda. Ayni paytda dastlabki 2 ta o‘rinni band etib turgan jamoalar “Nurafshon” va “Sherdor” ertaga o‘zaro bahs olib boradi. Aynan mana shu o‘yin ham ko‘p narsaga oydinlik kiritib beradi.

Ta’kidlash joizki, Pro-ligada so‘nggi – 36-tur o‘yinlari 19-20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. So‘ngra har ikki guruhda yuqori pog‘onalarni band etgan jamoalar pley-off bahslarida maydonga tushishadi. Mavsum avvalida aytilgani kabi, PFL har ikki guruh o‘rtasidagi o‘tish o‘yinini o‘tkazishi mumkin, biroq “B” guruhi jamoalarining holati lisenziyalash talablariga mos kelmasa, ular Superligada o‘ynay olmaydi. Bu haqda yil boshidayoq aytib o‘tilgan va shuning uchun ham liga ikkiga ajratilgan.

 

26-27 noyabr

PLEY-OFF

1-juftlik. Pro-Liga “A” 2-o‘rin – Pro-Liga “V” 2-o‘rin

2- juftlik. Pro-Liga “A” 3-o‘rin – Pro-Liga “V” 1-o‘rin

 

 

3 dekabr

PLEY-OFF

Superliga 11-o‘rin –1- juftlik

 

4 dekabr

PLEY-OFF 

Superliga 10-o‘rin – 2- juftlik 

Manba: PFL
Kiritildi: 18:03, 13.11.2018.
O'qildi: 4797 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.