Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Toshkentda «PRO» diplomi bo‘yicha xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi

Toshkentda «PRO» diplomi bo‘yicha xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizdagi futbol murabbiylarining malakasini oshirish, murabbiylik faoliyatini rivojlanitirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun "Chig‘atoy" sport bazasida OFK dasturi asosida "PRO" diplomi uchun xalqaro murabbiylik kurslari boshlandi. O‘quv kurslarining ochilish marosimida O‘FA bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, FIFA instruktorlari  Garri Filips va Badr Ahmad, shuningdek, boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etishdi.

"O‘zbekistonga yana tashrif buyurganimdan xursandman. FIFA instruktori sifatida yurtingizga uchinchi marta kelishim. O‘FA tomonidan ushbu xalqaro o‘quv kurslarini o‘tkazishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun katta minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Men bu yerga shundoq ham o‘z ishini ustasi bo‘lgan murabbiylarni o‘qitish uchun emas, shunchaki o‘z bilimlarim bilan o‘rtoqlashish uchun kelganimni ham ta’kidlab o‘tmoqchiman", - dedi Garri Filips ochilish marosimida so‘zlagan nutqida.

"Men ham O‘zbekistonga uchinchi marta kelishim. Lekin FIFA instruktori sifatida birinchi marta tashrif buyurdim. Menga O‘zbekistonda bo‘lish juda yoqadi. Bu yerda hamisha ajoyib muhit hukmron. Men O‘zbekistonning turli terma jamoalari ishtirokini doimo kuzatib boraman", - dedi Badr Ahmad.

"PRO" diplomi uchun o‘tkazilayotgan xalqaro murabbiylik kurslarida Ro‘ziqul Berdiyev, Ulug‘bek Baqoyev, Ja’far Irismetov, No‘’mon Hasanov, Jasur Abduraimov, Hamid Aktamov kabi mashhur mutaxassislar ishtirok etishayotganini ta’kidlab o‘tish zarur.

Manba: UFA
Kiritildi: 17:27, 14.11.2018.
O'qildi: 1779 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.