Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

O‘qituvchilarning «So‘g‘diyona» klubiga o‘tkazib berilgan pullari qaytariladi

O‘qituvchilarning «So‘g‘diyona» klubiga o‘tkazib berilgan pullari qaytariladi

Baho:
+ | -

Xalq ta’limi vazirining huquqiy-nazorat xizmati Jizzax viloyatida o‘qituvchilardan mahalliy futbol klubining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 272,15 mln so‘m mablag‘ yig‘ilganini aniqladi. Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozir ushbu mablag‘larni qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Jizzax viloyati hokimi 2018 yilning 2 noyabrida “So‘g‘diyona" professional futbol klubining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida” farmoyish chiqargan. Unga asosan 3-4 noyabr kunlari umumxalq hashari tashkil etilgan. Farmoyishda umumxalq hashari doirasida boshqarmalar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning bir kunlik ish haqi "So‘g‘diyona" futbol klubining hisob raqamiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu hashar doirasida Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 10 ta tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari ishchi-xodimlarining jami 272 156 729 so‘mlik ish haqi o‘tkazib berilgan. 

Hokimning bu farmoyishi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga zid ravishda qabul qilingan. Umumxalq hashari faqat prezidentning hujjati yoki hukumat qarori bilangina tashkil etilishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirining huquqiy-nazorat xizmati aralashuvidan so‘ng viloyat hokimining “So‘g‘diyona" professional futbol klubining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi farmoyishi bekor qilindi. Hozir "So‘g‘diyona" futbol klubi hisob raqamiga noqonuniy o‘tkazilgan pullarni qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Manba: Turon24.com
Kiritildi: 14:23, 17.11.2018.
O'qildi: 3186 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.