Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Xans-Yoaxim Vatske: «Biz biznesmen emasmiz»

Xans-Yoaxim Vatske: «Biz biznesmen emasmiz»

Baho:
+ | -

10 noyabr kuni «Nemis klasiko»si bo‘lib o‘tdi. Unda Dortmundning «Borussiya» klubi «Bavariya» ustidan zafar quchdi. Mana, bir necha yillik tanaffusdan keyin bunday to‘qnashuvda «Borussiya»ning qo‘li baland kelmoqda. 11-turdan so‘ng dortmundliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda, ular «Bavariya»dan 7 ochko ko‘p jamg‘arishgan. Bunaqasi anchadan buyon kuzatilmayotgandi. «Klasiko»dan keyin Bild nash­ri «Borussiya» bosh direktori Xans-Yoaxim Vatskening fikrlari bilan qiziqdi.

«Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida

- Bu o‘yindagi durang eng yomon natija bo‘lardi. Muhimi, mazkur uchrashuv nemis futbolining haqiqiy reklamasiga aylandi. Bunday uchrashuv Angliyada ham, Ispaniyada ham kuzatilmaydi.

«Bavariya» haqida

- Uchrashuvda jamoamiz 100 foiz imkoniyatini ishga solishini isbotladi. Joriy mavsum Bundesliga oldingidan kuchli. «Augsburg» va «Verder» kabi jamoalar buni isbotlab bo‘lishdi. Masalan, «Bavariya» «Frayburg» bilan durang o‘ynadi. Ikki yil oldin buni tasavvur ham qilib bo‘lmasdi. Ammo biz xotirjamlikka berilmasligimiz lozim. Chempionatimizda «Bavariya»dek jamoa bor ekan, kurash oxirgi turgacha davom etadi.

Marko Roys va Pako

Alkaser haqida

- Lyusyen Favr boshidanoq Marko Roysni «o‘nlik» pozisiyasida tushirishni rejalashtirgandi. Bu esa o‘z natijasini berdi. Pako - haqiqiy professional. Biz shunday hujumchiga ko‘pdan buyon muhtoj edik.

Mario Gyotse haqida

- Jamoamiz katta va murabbiyimiz barcha futbolchilarga o‘ynash uchun imkon bermoqda. Mario Dortmundning bir bo‘lagi va o‘zimizning tarbiyalanuvchimiz. Gyotsedek futbolchilar men uchun muhim. U bilan doimiy ravishda muloqot qilaman. Oxirgi haftalarda u tinmay mehnat qildi va «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibdan joy oldi. Mario oldingi saviyasiga chiqib olishga yaqin. Gyotse maydondagi bir nechta pozisiya­larni yopa oladigan futbolchi. Misol uchun, «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda hujum chizig‘ida o‘ynadi.

Gyotsening yangi shartnomasi haqida

- Biz biznesmen emasmiz va o‘zimiz uchun muhim bo‘lgan futbolchilarning sotuvidan pul ishlab olishni maqsad qilmaymiz. Yaqinda yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlaymiz. Umuman olganda, vaqtimiz yetarli.

Sebastyan Kel va Mattias Zammer haqida

- Qaysidir pallada klubga yangilik olib kirib, jamoa rivojlanishi uchun yangi impuls berishingizga to‘g‘ri keladi. Shu yozda nimanidir o‘zgartirish kerak, deb hisobladim va maqsadim yo‘lida astoydil ishladim. Yakunda Sebastyan Kel va Mattias Zammerni yangi lavozimlarga taklif qildik. Ular oldin shu klub sharafini himoya qilishgan va «Borussiya»ning o‘sishida yordam berishga tayyorlar. Sebastyan «Borussiya»ning lisenziyalash bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi. Zammer esa klub maslahatchisi lavozimida ishlaydi.

Lyusyen Favr haqida

- U ajoyib murabbiy. Ba’zan bu mutaxassis bilan ishlash qiyin kechadi. Lekin uning miyasi yangi g‘oyalarga to‘la. Favr o‘yinning barcha detallarini sinchiklab o‘rganadi. Ba’zan «Oldin bizda nega shunday murabbiy bo‘lmagan?» deb o‘ylanib qolaman. Futbolchilar ham u bilan muloqot qilishni yoqtirishadi.

Asosiy ta’qibchi haqida

- «Borussiya» (Menxengladbax) kuchli jamoa. Ular joriy mavsum ajoyib futbol namoyish qilishmoqda. To‘g‘risini aytsam, o‘tgan turda «Verder» bu jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatadi, deb o‘ylagandim. Lekin unday bo‘lmadi. Menxengladbaxning bizdan ustun tarafi - ularda «ingliz haftasi» yo‘q, haftada faqat bitta o‘yin o‘tkazishadi. Shu bois ham bor e’tiborlarini bemalol Bundesligaga qaratishlari mumkin.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:09, 18.11.2018.
O'qildi: 4141 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.