Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Superliga-2018: 30-tur ramziy jamoasi

Superliga-2018: 30-tur ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

Superligada o‘tkazilgan navbatdagi tur o‘yinlaridan so‘ng elitani tark etadigan bir klub nomi ma’lum bo‘ldi - «Neftchi»! Shuningdek, o‘z maydonida «Bunyodkor»ni mag‘lub etgan «Navbahor» ham uchinchi o‘rinda qolishga yaqin turibdi. 30-turning sarhisobi avvalgi sonda batafsil berilgandi, bu safar e’tiboringizni shu turning eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy jamoaga qaratamiz.

 DARVOZABON:

Akbar To‘rayev («Navbahor») Tomonlaruchun deyarli olti ochko uchun kechgan bahsda «Navbahor» «Bunyodkor»ni taslim etdi. Mazkur g‘alabaning qo‘lga kiritilishida Namangan jamoasi darvozaboni Akbar To‘rayevning hissasi katta bo‘ldi.

HIMOYACHILAR:

Anzur Ismoilov («Lokomotiv») Murabbiylar ushbu futbolchiga har o‘yinda yuqori ball berishayotgan bo‘lsa, ajabmas. Chunki Anzur Ismoilovdagi foydali ish koeffisiyenti maqtovga loyiq. Xususan, «Buxoro» bilan uchrashuvda ham bu futbolchi ancha faollik ko‘rsatdi.

Davron Hoshimov («Navbahor») «Lochinlar»ning muhim g‘alabasiga munosib ulush qo‘shganlar orasida Davron Hoshimov ham bor. Shu tariqa mahoratli himoyachi terma jamoaning Avstraliya safariga xotirjam tarzda yo‘l oladigan bo‘ldi.

Sardor Qulmatov («So‘g‘diyona») «Jon» saqlash uchun kechgan ahamiyati yuqori bahsda jizzaxliklar Farg‘onadan g‘alaba bilan qaytishdi. «So‘g‘diyona» mudofaa chizig‘ida to‘p surgan Sardor Qulmatov mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Aleksandr Merzlyakov («Qo‘qon-1912») Qo‘qonliklar joriy mavsum kubok sohibiga aylangan AGMK maydonida ishonchli g‘alabaga erishdilar. Bu o‘yinda qanot himoya va yarim himoyasida tinim bilmagan Aleksandr Merzlyakov ham ramziy termadan joy egalladi.

YARIM HIMOYACHILAR:

A’zam Aliyev («Navbahor») Jamoasi muvaffaqiyati yo‘lida o‘zini aslo ayamaydigan yarim himoyachi «Bun-yodkor» bilan o‘yinda ham yorqin taassurot qoldirib, bugungi kunda «Navbahor» uchun qanchalik muhim o‘yinchi ekanini isbotladi.

Tiago Bezerra («Paxtakor») Braziliyalik legioner bu turda o‘z nomiga navbatdagi golni yozdirib qo‘ydi. Asosiysi, Bezerraning kiritgan to‘pi yakunda «Paxtakor» foydasiga ishladi.

Artur Gevorkyan («Qizilqum») «Nasaf» bilan o‘yinda «Qizilqum» futbolchilari hamjihatlikda harakat qilib, ishonchli g‘alabani tantana qilishdi. Mazkur bellashuvda navoiyliklar yetakchisi Artur Gevorkyan ancha faol bo‘ldi.

Suhrob Berdiyev («Qo‘qon-1912») Bu futbolchi nafaqat muhim gollarni uradi, balki ularni chiroyli tarzda amalga oshiradi. Suhrob Berdiyev AGMKga qarshi kechgan bahsda odatdagidek, «Qo‘qon-1912» safidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo‘ldi.

Sanjar Shoahmedov («Lokomotiv») «Lokomotiv» bu turda o‘z maydonida «Buxoro»dan yirik hisobda ustun keldi. Gollarning biriga mualliflik qilgan «temiryo‘lchilar» «dispetcheri» Sanjar Shoahmedov yana faolligi bilan ajralib turdi.

HUJUMCHI:

Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv») Shuningdek, «Lokomotiv» safida Temurxo‘ja Abduxoliqovning o‘yini ham ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Uchrashuvni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan mahoratli hujumchi 83-daqiqada o‘z o‘rnini boshqa jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

BOSH MURABBIY:

Andrey Kanchelskis («Navbahor») Eng yaqin ta’-qibchi bilan o‘yinga tarkibdagi ko‘plab muammolar bilan yetib kelgan «Navbahor» bir amalladi. Bu o‘rinda, albatta, jamoa ustozi ko‘proq bosh qotirishiga to‘g‘ri keldi. Andrey Kanchelskis raqibdan kelib chiqib, to‘g‘ri taktika tanladi va «lochinlar» o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida «Bunyodkor»ni mag‘lubiyatga uchratishdi. Rossiyalik mutaxassis esa bu natija tufayli ramziy terma bosh murabbiyligiga loyiq ko‘rildi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:14, 18.11.2018.
O'qildi: 3087 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.