Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Klublarni 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash reglamenti tayyor bo‘ldi

Klublarni 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash reglamenti tayyor bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun harakatni rasman boshladi. Bir necha kun avval “O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgandi. Endi esa mazkur reglament O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlandi.

Mazkur reglament futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun tayyorlab boradi. Bundagi eng katta yangilik — kelasi mavsumdan boshlab PFL doirasidagi musobaqalar sonining yana 1 taga oshishidir. Lisenziyalash reglamentida Superliga va Pro-liga qatorida, kelasi yildan boshlab tashkil etiladigan 2-liga uchun talablar ham aks etgan. Shu vaqtgacha 2-liga sifatida tushunib kelingan va viloyat futbol federasiyalari tomonidan o‘tkazilgan 2-liga musobaqalari esa endi rasman 3-liga nomini oladi.

Professional futbol ligasi ertaga — 21 noyabr kuni yuqoridagi reglamentni Superliga va Pro-liga klublariga elektron tarzda yetkazib beradi. Shuningdek, reglament futbol jamoatchiligi uchun ham taqdim etiladi. Tez kunlarda lisenziyalash bo‘yicha reglament kitobcha holida ham chop etiladi.

Mazkur reglamentdagi e’tiborga molik jihatlar haqida bosqichma-bosqich ma’lumot berib boriladi. U Osiyo futbol konfederasiyasining klublarni lisenziyadan o‘tkazish talablari asosida ishlab chiqilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:52, 20.11.2018.
O'qildi: 3817 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик