Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Andijon» jamoasi ta’tilga chiqdi

«Andijon» jamoasi ta’tilga chiqdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kuni-kecha mamlakatimizda PRO-Liga musobaqasi yakuniga yetdi.

Chempionatda faxrli 1-o‘rinni egallab, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan  «Andijon» jamoasi mavsum yakuniga yetgach, ta’tilga chiqdi. «Mash’al»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng murabbiylar shtabi futbolchilarga dam bergan. Rejaga ko‘ra endi «Andijon» jamoasi a’zolari 15 dekabr kuni o‘z qarorgohida yig‘iladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

 Dekabr oyining so‘nggi kuniga qadar davom ettiriladigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida asosan jamoa bilan shartnomasi mavjud bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi. Yanvar oyidan esa tarkibga yangi nomlar kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Hozirda har bir chiziqni kuchaytirish maqsadida rahbariyat va murabbiylar shtabi ish olib bormoqda.

Shuningdek 2019 yilgi mavsumda Superligada ishtirok eta boshlaydigan «burgutlar» boshqa jihatlar bo‘yicha ham taraddud ko‘rmoqda. Jumladan «Sog‘lom avlod» stadionida qilinishi kerak bo‘lgan zarur ishlar yuzasidan ham jiddiy ishga kirishilgan.

Xususan maydonning sifatini talab darajasiga chiqarish, yoritkichlarni 1200 lyuks xolatiga olib chiqish hamda hisobni aks ettiruvchi elektron tablo bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Bu haqda keyinroq yana ma’lumot berib boramiz.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:51, 21.11.2018.
O'qildi: 2151 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик