Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston Tokio Olimpiadasida medal qo‘lga kiritishga bel bog‘lagan

O‘zbekiston Tokio Olimpiadasida medal qo‘lga kiritishga bel bog‘lagan

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, yengil atletika Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p medal taqdim etuvchi sport turidan biri hisoblanadi. Kuni kecha yengil atletikaning bosqon uloqtirish, yadro uloqtirish kabi yo‘nalishlariga bahodirlar o‘yini, tosh ko‘tarish, armrestling, pauerlifting kabi sport turlaridan polvonlarni saralab olish bo‘yicha uchrashuv tashkil qilingandi.

Bugun esa yengil atletika federasiyasi vakillari bilan birga sportchilarni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash masalasi muhokama etildi. Uchrashuvda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov boshchiligidagi ishchi guruh hamda O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi mutasaddilari, murabbiylari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi raisi Andrey Abduvaliyev Tokio Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan strategiya bilan tanishtirdi. Oldinda turgan rejalar bilan o‘rtoqlashdi, federasiyaning bu boradagi maqsadini aniq qilib tushuntirib berdi.

O‘z navbatida Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan yengil atletikachilarimizga Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish, Tokioda shohsupadan o‘rin egallash vazifasi qo‘yildi. Bu borada tegishli tavsiyalar berildi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:29, 21.11.2018.
O'qildi: 3223 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.