Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Manchester Yunayted» Grinvudni qaytarib olishdan voz kechdi

«Manchester Yunayted» Grinvudni qaytarib olishdan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Marsel» vingeri Meyson Grinvud «Manchester Yunayted»ga qaytmaydi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» «Marsel»ga o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarib sotib olish opsiyasini faollashtirish niyatida emasliklarini ma’lum qilishgan. Endi Fransiya klubi vingerni sotib olishga qiziqish bildirayotgan «Fenerbaxche» bilan rasmiy muzokaralarni boshlaydi.

Ta’kidlanishicha, transfer amalga oshgan taqdirda, «Manchester Yunayted» taxminan 11,7 million yevro oladi, chunki futbolchining shartnomasida qayta sotishdan keladigan foiz bo‘yicha maxsus band mavjud.

2025/26 yilgi mavsumda Grinvud barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:27, 12.07.2026.
O'qildi: 1726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик