Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Dzyudo, og‘ir atletika hamda gimnastika federasiyalari MOQni o‘z rejalari bilan tanishtirishdi

Dzyudo, og‘ir atletika hamda gimnastika federasiyalari MOQni o‘z rejalari bilan tanishtirishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, shu kunlarda Milliy olimpiya qo‘mitasida yurtimizdagi sport federasiya va assosiasiyalar vakillari bilan uchrashuv tashkil qilinmoqda. Unda federasiya mas’ullari Tokio 2020 Olimpiadasi uchun o‘zlarining strategik rejalarini taqdim etmoqdalar.

Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bugun O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi hamda O‘zbekiston gimnastika federasiyasi vakillari bilan o‘tkazildi. Yig‘ilishlarda Jasur Matchanov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari ham ishtirok etishdi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi bilan tashkil qilingan yig‘ilishda federasiya raisi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov og‘ir atletikachilarimizning Yaponiyada o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari uchun tayyorgarlik rejasi, maqsadlarini tushuntirib berdi. Shuningdek, qaysi musobaqa orqali qanday reyting ochkolariga ega bo‘lish mumkinligi haqida ma’lumot bilan tanishtirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi mutasaddilari, murabbiylar ham Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillariga o‘zlarining Tokio 2020 Olimpiadasi uchun tuzgan rejalari haqida ma’lumot berdilar. Federasiya bosh kotibi Abdullo Murodov hamda terma jamoa bosh murabbiyi Farhod To‘rayev sportchilarimizning bugungi kundagi holati, ular bilan kuzatilayotgan muammolar va kamchiliklar haqida gapirishdi. Yig‘ilish davomida sportchilarimizning umumiy jismoniy tayyorgarligini ham kuchaytirish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Gimnastika federasiyasi mas’ullari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish ham aynan shu mavzuda tashkil etildi. Sportchilarimizning Olimpiya o‘yinlari lisenziyasini qo‘lga kiritish imkoniyatlari, shuningdek Tokioda sovrinli o‘rinlarga ega chiqish masalalari keng muhokama qilindi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:10, 23.11.2018.
O'qildi: 1804 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.