Abduqodir Xusanovning agenti G‘ayrat Hasbiullin «Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasining 22 yoshli himoyachisining o‘tgan yili bahorda bo‘lib o‘tgan to‘yi haqida so‘zlab berdi.
– Abduqodir o‘z yoshida allaqachon turmush o‘rtoq va ota.
– U to‘g‘ri tarbiya olgan oilada ulg‘aygan, shuning uchun o‘zi ham oilaparvar bo‘ldi. Uning erta uylangani yaxshi, chunki bu unga oilaviy iliqlik baxsh etadi, Angliyada yolg‘iz emasligini his qiladi. Qodir tungi hayot bilan yashamaydi, qayergadir bormaydi, uyida o‘tiradi. Ba’zida oldiga dadasi, ba’zida akasi yoki men boraman, lekin bular vaqtinchalik edi. Shuning uchun, to‘yni cho‘zib o‘tirmaslik to‘g‘ri qaror bo‘lgan deb hisoblayman. Shundan kelib chiqib, mashg‘ulotlardan keyin uyda shug‘ullanadigan ishi bor. Uni kutishadi – bu ham unga motivasiya beradi.
– To‘y O‘zbekistonda qabul qilinganidek dabdabali bo‘ldimi? Qancha mehmon bor edi? – Ming kishi.
– Vau!
– Shu bilan birga, dabdabasiz, ancha sokin o‘tdi. To‘y O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatiga chiqqan BAAga qarshi o‘yin oldidan bo‘lib o‘tdi. Terma jamoa o‘yinchilari yig‘indan yarim soatga kelib, tabriklab, yana qaytib ketishdi.
To‘ydan keyin Qodir tongi soat to‘rtda jamoa bilan uchib ketdi. Aslida, insonning birinchi kechasini tortib olishdi! Aniqrog‘i, u buni o‘zidan o‘zi tortib oldi. Unga: «Ertasi kuni uchib kelishing mumkin», deyishdi. U esa: «Yo‘q, jamoa bilan uchaman», deb javob berdi. Futbolchi o‘zining hamma bilan teng ekanini ko‘rsatmoqchi edi, – dedi Hasbiullin.













