Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 14-20 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha xalqaro «Dubai Cup» musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu turnirda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etdi va uchta o‘yin yakuniga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bugun, 24 noyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Unga yordamchi murabbiy Shuhrat Asatov, terma jamoa futbolchilari Husniddin G‘ofurov va Aziz Omonov hamrohlik qildi. Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi. Anjuman davomida «Dubai Cup» musobaqasi yakunlari, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Tokio 2020 Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan strategiyasi, rejalar va yig‘inlar haqida ma’lumot berildi.

Ravshan Haydarov:

Terma jamoa haqida

«Avvalambor shuni qayd etib o‘tishim lozimki, Olimpiya terma jamoamiz uchun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Tokio Olimpiadasi yo‘lida strategiya ishlab chiqdik. Shu maqsadda OTJ uchun turli yig‘inlar tashkil etib kelmoqdamiz. Bu borada ishlar allaqachon boshlangan. O‘yinchilarni saralab olish jarayoni hozir ham davom etmoqda. Tarkib shakllantirilmoqda. Bu bo‘yicha keng miqyoda ishlar olib bormoqda. Nafaqat jismonan, balki ruxiy tomonlama ham ishlanmoqda. Terma jamoa uchun kuchli psixologlarni ham jalb qilganmiz».

«Dubai Cup» musobaqasi haqida

«Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida yakunlangan «Dubai Cup» musobaqasi yil davomida qilingan ishlar samarasini ko‘rsatib berdi. Nufuzli turnir davomida Yaponiya, BAA, Quvayt kabi yaxshi saviyadagi terma jamoalar bilan o‘yinlar o‘tkazdik. Bunday raqiblarga qarshi bahslarda jamoamizning kuchini ko‘rib olish imkoniyati bo‘ladi. Yig‘indan unumli foydalana oldik deb hisoblayman.

Kelgusi rejalar

«Tayyorgarlik rejamiz kunma-kun tuzib chiqilgan. Dekabr oyida Toshkentda yig‘in boshlanadi. Unda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ish olib boriladi. Yanvarda esa Turkiyada yig‘in tashkil qilinadi. Slovakiya va Ozarbayjon terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi ham rejalashtirilmoqda. Fevral oyida esa Yevropada bo‘lib o‘tadigan yig‘inda ishtirok etamiz».

Tarkibni shakllantirish masalasida muammo yuzaga kelmayaptimi?

«Olimpiya terma jamoasida yig‘ilgan futbolchilarimiz orasida U-23 jamoamizda o‘ynagan yigitlar ham bor va bu borada ularning o‘ziga xos tajribalari bor deb bemalol ayta olaman. Umuman olganda, seleksiya ishlari keng qamrovda olib borildi. Ko‘plab futbolchilarga imkoniyat berildi. Jamoani shakllantirish uzoq davom etadigan jarayon. Ushbu terma jamoamiz uchun 165 nafargacha futbolchi sinab ko‘rildi. Ularni jismoniy va ruxiy testlardan o‘tkazganmiz. Bundan tashqari, klublarimiz murabbiylari bilan ham muntazam aloqadamiz».

Ravshan Haydarovning OTJdagi kelgusi taqdiri qanday bo‘ladi?

«To‘g‘ri, bungacha xorijdan murabbiy olib kelinishi haqida gap-so‘zlar bo‘ldi. Bu haqida aniq ma’lumot bera olmayman. Ammo, ayni damda menga yuklatilgan aniq vazifa bor va uni bajarib kelmoqdaman. Bosh murabbiy rolida kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu jarayon to‘xtab qolmasligi lozim. Terma jamoaga kim kelsa ham qo‘ldan kelganicha yordam berishga tayyorman.

Futbolchilar «Dubai Cup» turniri haqida

Aziz Omonov: «Dubayda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada kuchli jamoalar ishtirok etdi. Bu turnir orqali biz xalqaro o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldik. Ushbu musobaqada jamoamiz yaxshi shakllanib kelayotganini ko‘rdik».

Husniddin G‘ofurov: «Xalqaro musobaqada g‘alaba qozona olganimizdan xursandmiz. Jamoamizda barcha birdek harakat qilmoqda. Bir-birini qo‘llab-quvvatlamoqda. Olimpiya terma jamoasi bir oila sifatida shakllanmoqda. Nasib qilsa, bundan buyon ham qo‘ldan kelganicha harakat qilib, yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqchimiz».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelgusi yilning mart oyida Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Ushbu saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoalar 2020 yilning yanvar oyida Tailand mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida qatnashadi. Musobaqada kuchli uchlikka kirgan terma jamoalar Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:41, 24.11.2018.
O'qildi: 3469 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.