Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Lokomotiv» — 3 karra O‘zbekiston chempioni!

«Lokomotiv» — 3 karra O‘zbekiston chempioni!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston superligasi 2018 yilgi mavsumining chempioni aniqladi. Chempionat tugashiga 1 tur qolganida "Lokomotiv" futbol klubi o‘z tarixida 3-chempionlikni rasmiylashtirdi. Boz ustiga, "temiryo‘lchilar" chempionlikni hal qilgan o‘yinda asosiy raqib — "Paxtakor"ni o‘z maydonida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.


KAMIDA 3TA GOL
Arveladze jamoasi chempionlik uchun imkoniyatni saqlab qolish uchun "Lokomotiv"ni kamida 3ta to‘p farqi bilan yoki kamida 4ta gol urgan holda mag‘lub etishi 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi talab etilar edi. Paxtakorchilar eng minimal maqsad 3:0ni ko‘zlab uchrashuvni katta ishtiyoq bilan boshlashdi. Urib olingan tezkor gol ularning imkoniyatlarni oshirar edi. Ammo "temiryo‘lchilar" raqibning o‘yin boshidagi bosimiga dosh berishdi.

QIZIL KARTOCHKA QANI?
Darvoqe, mehmonlarning sa’y-harakatlari naf keltirishi mumkin edi: Bezerra darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga qochib ketayotgan pallada Anzur Ismoilov uni qoidaga xilof tarzda yiqitdi. Barcha paxtakorchilar hakamdan qizil kartochka talab qilishdi. Ammo Ahrol Risqillayev sariq kartochka bilan cheklanib, nazarimizda, to‘g‘ri qaror qabul qildi. Boisi, Tiago bu himoyachidan o‘tib ketgani bilan u bilan parallel yugurayotgan Islom To‘xtaxo‘jayev bor edi. Belgilangan jarima zarbasini Cheran noaniq yo‘lladi.

KUTILMAGAN GOL
Uchrashuvdagi hisob kutilmagan zarba bilan ochildi. Bahsning 19-daqiqasida Igor Yelich 25-28 metrlardan kuchli zarba berishga qaror qildi. To‘p darvoza to‘sini va ustun kesishga nuqtaga tegib, to‘rga borib tushdi. Serbiyalik futbolchining bunday zarba berishini kutmagan "Paxtakor" tayanch zonasi futbolchilari raqibga xalal berishga urinishmadi. O‘tkazib yuborilgan bu goldan keyin endi "Paxtakor" kamida 4ta gol urishi kerak.

YUZ O‘GIRGAN OMADLAR
O‘yinning 31-daqiqasida mehmonlar ajoyib imkoniyatdan foydalana olishmadi. Qanotdan yetkazib berilgan uzatmani Cheran bosh bilan Bezerraga tashlab berdi. Tiago 4-5 metrlardan sakrab kelgan to‘pga kuchli zarba bera olmadi — Nesterov to‘pni ushlab oldi. Oradan 4 daqiqa o‘tib omadlar mezbonlar tomonida bo‘ldi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani qaytarish chog‘ida himoyachi xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni egallagan Masharipov 13 metrlardan zarba berdi. To‘p ustunga tegdiyu, narigi ustun yonidan dumalagancha maydonni tark etdi.

Boz ustiga, oradan 2 daqiqa o‘tib "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Jarima maydonchasiga yorib kirgan Zoteevni Shorahmedov chalib yiqitdi. Marat Bikmayev 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisob 2:0ga yetkazdi. "Paxtakor"ning vazifasi o‘zgarmadi: 4ta gol urish kerak! Tanaffusga qadar esa Arveladze shogirdlari boshqa xavfli vaziyat yarata olishmadi.

KUTILGAN GOL
Ikkinchi bo‘limni "sherlar" faol boshlashdi va dastlabki to‘pni kiritishdi. Qanotdan yetkazilgan uzatma natijasida darvoza yaqinida Cheran to‘pni qabul qildi va darvozani ishg‘ol qildi 2:1. Maqsad sari 3ta gol qoldi...

FOYDALANILMAGAN IMKONIYATLAR
Ushbu gol "Paxtakor" futbolchilarining ishtiyoqini oshirib yubordi. Ular ketma-ket hujumlar tashkil qila boshladilar. Xususan, yana chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Cheran darvozaga burishi mumkin edi, ammo unga biroz aniqlik yetishmadi. Shunday vaziyatlarning birida Sayfiyev uzatma berganidan keyin Bezerra olis ustun tomonda bosh bilan aniq zarba bera olmadi.

QO‘POL XATO VA "LOKOMOTIV" — CHEMPION!
O‘yinning 70-daqiqasida to‘pni nazorat qilayotgan "Paxtakor" himoyachilari qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni Shoahmedovga oldirib qo‘yishdi. Sanjar darhol Bikmayev uzatma berdi va Marat 20 metrlardan zarba berib, hisobni 3:1ga yetkazdi. Mazkur gol amalda "Lokomotiv"ni deyarli chempionga aylantirgan bo‘lsa, "sherlar"da chempionlikni saqlab qolishga bo‘lgan umidini so‘ndirib qo‘ydi.

YAKUN
Bugun kam xato qilgan va o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalangan jamoa g‘alaba qozondi. "Paxtakor" ko‘p vaziyatlar yaratdi, ammo ulardan oqilona foydalana olmadi. Boz ustiga, raqibning uchinchi golida himoyachilar yo‘l qo‘ygan xato qimmatga tushdi. Boz ustiga, o‘yinning so‘nggi qismida mezbonlar ko‘proq xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo o‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida Bezerra jamoasining hisobni qisqartirdi — 3:2.

Nima ham derdik, "temiryo‘lchilar" mavsum davomida o‘tkazilgan 4ta o‘yindan ikkitasida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, ikkita o‘yinda durang qayd etildi. "Paxtakor" futbol klubini kumush medal bilan tabriklaymiz. "Lokomotiv"ga (ketma-ket) uchinchi chempionlik chempionlik muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston superligasi, 31-tur
"LOKOMOTIV" - "PAXTAKOR" 3:2 (2:0)
Gollar: Igor Yelich (19), Marat Bikmayev (37-penalti, 70) — Dragan Cheran (51), Tiago Bezerra (87)
Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov (8), Islom To‘xtaxo‘jayev (62)
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev (Sardor Rashidov 75), Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov (Temurxo‘ja Abduxoliqov 80), Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov, Oleg Zoteev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich (Diyorjon Turopov 67)
"Paxtakor": Eldor Suyunov, Farrux Sayfiyev, Sherzod A’zamov, Marko Simich, Akmal Shorahmedov, Azimjon Ahmedov (Jasur Yaxshiboyev 35), Dilshod Rahmatullayev (Jamshid Iskandarov 82), Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Ismoil Gonsalvesh (Igor Sergeev 77), Tiago Bezerra
Hakamlar: A.Risqullayev, R.No‘’monov, D.Saylavov, E.Tursunov.
Nazoratchi: A.Hotamov.
Komissar: B.Mirzayev.
2018 yil 26 noyabr. Toshkent. "Lokomotiv". 2800 tomoshabin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:52, 26.11.2018.
O'qildi: 4569 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.