Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Osiyo ayig‘i» – Murod Xonto‘rayev yana bir marta pichoqlandi

«Osiyo ayig‘i» – Murod Xonto‘rayev yana bir marta pichoqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sportchi Toshkent shahridagi “Toshkent” savdo markazida bugun, 26 noyabr kuni pichoqlab ketildi.

Yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev Toshkent shahridagi “Toshkent” savdo markazida pichoqlab ketildi. Voqea bugun, 26 noyabr kuni sodir etilgan. Hozirda Murod Xonto‘rayev Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelib joylashtirilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi ochilgan, tergov harkatlari olib borilishi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

Murod Xonto‘rayev shu yilning 21 iyuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klub ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq shifoxonadan milisiyaga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingan edi.

Sud Xonto‘rayevni JK 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli residivist tomonidan bezorilik sodir etilishi) bo‘yicha aybdor deb topgan. Avvalroq Xonto‘rayevga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xonto‘rayevga jarima tarzida jazo qo‘llagan bo‘lib, sportchi eng kam oylik ish haqining (172 240 so‘m hisobida) 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqdi.

Murod Xonto‘rayev 1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oilali va ikki nafar farzandi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:21, 26.11.2018.
O'qildi: 14688 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.