“Sevilya” klubi Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan bahsda “Valyadolid”ni mag‘lub etdi (1:0) va La Liga peshqadamiga aylandi.
Pablo Machin shogirdlari Primeraning 13-turidan so‘ng 26 ochko to‘pllashdi – bu musobaqa peshqadami uchun XXI asrdagi eng yomon ko‘rsatkichdir.
2001/02 mavsumda “Deportivo”da ham shuncha ochko bo‘lgandi.