Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Barselona”ning Alvaresni sotib olish rejasi barbod bo‘ldi

“Barselona”ning Alvaresni sotib olish rejasi barbod bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvaresning “Barselona”ga o‘tishi deyarli imkonsiz ishga aylandi. “Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati ushbu transferni amalga oshirish ustida qanchalik faol ishlamasin, moliyaviy muammolar to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar “matraschilar” futbolchining yakuniy narxini 100 million yevrodan yuqori qilib belgilaguniga qadar juda muvaffaqiyatli ketayotgan edi. Bundan tashqari, argentinalik forvardga Fransiyaning “PSJ” klubi ham da’vogarlik qila boshlagan. Parijliklar kataloniyaliklardan farqli o‘laroq, Madrid klubi so‘rayotgan summani to‘liq to‘lashga tayyorligini bildirgan.

“Barselona” transfer narxini pasaytirish maqsadida kelishuvga bir nechta futbolchilarini qo‘shishni taklif qilgan. Jumladan, kataloniyaliklar transferga Mark Bernal, Fermin Lopes hamda Ronald Arauxo kabi futbolchilarni qo‘shish variantlarini ko‘rib chiqqan. Biroq “Atletiko” “Barselona”ning ushbu taklifiga keskin rad javobini bergan.

Madridliklar Alvaresni faqatgina naqd pul evaziga sotmoqchi, bu esa moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan “Barselona”ni transfer poygasidan chiqarib yuborishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:51, 17.05.2026.
O'qildi: 3923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик