Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Murod Xonto‘rayevga qilingan hujum sabablari ma’lum bo‘ldi

Murod Xonto‘rayevga qilingan hujum sabablari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT

«UzNews.uz»ning huquq-tartibot idoralaridagi manbasi 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent» savdo markazi hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgan voqea yuzasidan ma’lumot berdi. 

Uning ofisiga 10 dan ortiq noma’lum shaxslar bostirib kirib, tan jarohati yetkazgan. Taxminan soat 14:30da sodir bo‘lgan hujum natijasida Murod Xonto‘rayev va Ikrom Saidovlarga tan jarohati yetkazilgan. Jabrlangan ikki shaxs ham Toshkent shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga joylashtirilgan. 

Avvalroq, Murod Xonto‘rayev shu yilning 21 iyuniga o‘tar kechasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq shifoxonadan milisiyaga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi. 

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-2-moddasi "b,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Manba: Uznews.uz
Kiritildi: 12:23, 27.11.2018.
O'qildi: 24239 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.