26 noyabr kuni o‘zbekistonlik aralash qoidali janglar ustasi Murod Xonto‘rayev Toshkent savdo majmuasida pichoqlab ketilgan edi.
Sportchi shundan so‘ng, 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan, kichik operasiyani boshidan o‘tkazgan.Biz esa ushbu mudhish voqeaga oid yangi ma’lumotlarni aniqladik.
Ma’lum qilinishicha, Murod Xonto‘rayev 26 noyabr kuni Shayxontohur tumani, Chorsu maydoni, 3-A uy “Toshkent savdo markazi”da joylashgan ofisida tanishlari – fuqaro 1984 yil 25 dekabrda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.R. va 1988 yil 15 mayda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Ikrom Saidov bilan o‘tirgan vaqtida, binoga niqoblangan, qora maxsus kiyimlardagi 6-8 kishi kirib keladi. Noma’lum shaxslar yigitlarga “erga yot” buyrug‘ini bergach, Xonto‘rayev va uning tanishlari niqoblangan kishilarni davlat idorasi xodimlari deb o‘ylab, yerga yotadi.
VIDEONI KO‘RISHDA MUAMMOGA DUCH KELDINGIZMI? UNDA BU YERGA BOSING.
Noma’lum shaxslar o‘zlari bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jismlar – temir (armatura) bo‘laklari, rezina tayoqlar (dubinka), pnevmatik o‘qotar qurollardan foydalanib, Murod Xonto‘rayev va uning tanishi I.S.ni urib, tan jarohati yetkazib, voqeadan joyidan g‘oyib bo‘ladi.
VIDEONI KO‘RISHDA MUAMMOGA DUCH KELDINGIZMI? UNDA BU YERGA BOSING.
Shifokorlar Murod Xonto‘rayevga quyidagicha tashxis qo‘ygan:
Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh o‘ng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, o‘ng son, dumba sohasi, ko‘plab sanchilib kesilgan jarohatlari (9 ta) ikkala ko‘krak usti sohasi sidirilgan jarohati, chap tirsak sohasi kesilgan jarohati.
Ayni damda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot o‘rnida, sportchi Murod Xonto‘rayev 1987 yilda tug‘ilgan. U muqaddam 2011 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani JIB sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “b” bandi va 104-moddasi, 3-qismi “g” bandi bilan sudlangan.