Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Internetda Murod Xonto‘rayevga uyushtirilgan suiqasd videolari tarqaldi

Internetda Murod Xonto‘rayevga uyushtirilgan suiqasd videolari tarqaldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

26 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘zbekistonlik aralash qoidali janglar ustasi Murod Xonto‘rayev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketildi.

Sportchi pichoqdan 9 marta jarohatlangan. Unga shifokorlar bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh o‘ng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, o‘ng son, dumba sohasi, ko‘plab sanchilib kesilgan jarohatlari (9 ta) ikkala ko‘krak usti sohasi sidirilgan jarohati, chap tirsak sohasi kesilgan jarohati tashxisini qo‘ygandi.

Bugun kechga yaqin Murod Xonto‘rayevning ofisida yuz bergan bezorilikning videolari tarqaldi.

Videoning birinchisi Toshkent savdo markazi tashqarisiga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamasidan olingan. Unda avtoturargohga oq rangdagi Cobalt  va qora Lacetti avtomobiligi kelib to‘xtagan. Ulardan qora rangli maxsus kiyimlari, boshiga niqob taqqan o‘nga yaqin barzangi tushib, quvalashib bino ichkarisiga kirgan.

VIDEONI KO‘RISHDA MUAMMOGA DUCH KELDINGIZMI? UNDA BU YERGA BOSING.

Ichkaridagi kuzatuv kameralari qayd etgan tasvirlarda esa Murod Xonto‘rayev ham ko‘rinish bergan. Sportchi niqobli noma’lum shaxslardan qochayotgani tasvirlangan.

VIDEONI KO‘RISHDA MUAMMOGA DUCH KELDINGIZMI? UNDA BU YERGA BOSING.

Tergovda aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda, noma’lum shaxslar Murod Xonto‘rayev va uning tanishi I.S.ga “erga yot” buyrug‘ini bergach, Xonto‘rayev va uning tanishlari niqoblangan kishilarni davlat idorasi xodimlari deb o‘ylab, yerga yotishgan.

Noma’lum shaxslar o‘zlari bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jismlar – temir (armatura) bo‘laklari, rezina tayoqlar (dubinka), pnevmatik o‘qotar qurollardan foydalanib, Murod Xonto‘rayev va uning tanishi I.S.ni urib, tan jarohati yetkazib, voqeadan joyidan g‘oyib bo‘lishgan.

Ayni damda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot o‘rnida, sportchi Murod Xonto‘rayev 1987 yilda tug‘ilgan. U muqaddam 2011 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani JIB sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “b” bandi va 104-moddasi, 3-qismi “g” bandi bilan sudlangan.

Kiritildi: 21:59, 27.11.2018.
O'qildi: 9991 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.