Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan “Yang Boyz”ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“14 yildan beri YECHLda qatnashyapman va 14 marta pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdim. Faqat 2 yil Chempionlar Ligasida o‘ynamadim va shu vaqtda Yevropa Ligasini ikki marta yutdim”, -deydi Mourinyo.