Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

UYEFA Millatlar Ligasi bu o‘zgacha turnir...

UYEFA Millatlar Ligasi bu o‘zgacha turnir...

Baho:
+ | -

Darhaqiqat, UYEFA Millatlar Ligasi o‘zining dinamizm va dramatizmi bilan o‘zgacha turnirga aylandi. Ishtirokchilarning ligalarga ajratilishidan tashqari, har bir jamoaning o‘z vazifasi bor. Guruhlardagi barcha uchrashuvlar hal qiluvchi maqomga ega. Misol uchun, Yevro-2020 saralash bahslari yoki Yevro-2020dagi qo‘shimcha to‘rtta o‘rin kurashi uchun.

«A» ligadagi 3-guruhni olaylik. 20 noyabr oqshomida bo‘lib o‘tgan Portugaliya - Polsha uchrashuvi xuddi o‘rtoqlik maqomidek tuyulishi mumkin. Chunki portugallar Millatlar Ligasi yarim finaliga yo‘l olishgan. Polsha esa muddatidan oldin «V» divizionga tushib ketgan. Ammo polyaklar Yevro-2020 qur’asida birinchi savatchaga tushish uchun hech bo‘lmasa durang qayd etishlari talab etilardi.

Mana yana bir misol: Gruziya Qozog‘istonni shunchaki mag‘lub etgani yo‘q. Balki, to‘rtinchi savatchadan joy oldi. Yevropa chempionati saralash bahslarida 10ta guruh bo‘ladi. 5ta guruh 6ta, qolgan 5ta guruh esa 5ta jamoadan tashkil topadi. Turnirning final bosqichiga har bir guruhdan ikkitadan jamoa yo‘l oladi. Jami - 20ta. Qolgan to‘rtta o‘rin uchun har bir liganing eng yaxshi jamoalari kurash olib borishadi. Ammo «pley-off»da Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritmagan jamoalar o‘ynashadi.

Masalan, Gruziya, Belarus va Makedoniya «D» liga vakillari sifatida «pley-off»da qatnashadilar. Ammo ushbu jamoalardan birortasi Yevro-2020 yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritsa, «pley-off»dagi o‘rin shu guruhning boshqa jamoasiga beriladi. «D» ligada ayni payt Lyuksemburg shunday imkoniyatga ega.

UYEFA Millatlar Ligasining guruh bosqichi yakunlanganidan so‘ng mazkur turnirning 2020|2021 yillarda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi mavsumi uchun to‘rtta guruh tarkibi aniq bo‘ldi. 2020 yilning yanvar yoki fevral oyida o‘tkaziladigan bo‘lajak qur’aning to‘liq detallari keyinroq tasdiqlanadi, deya xabar berdi UYEFA rasmiy sayti.

«A» ligasi

Angliya, Belgiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Portugaliya, Fransiya, Shveysariya, Bosniya va Gersegovina («V» ligadan chiqdi), Daniya («V» ligadan chiqdi), Ukraina («V» ligadan chiqdi), Shvesiya («V» ligadan chiqdi)

To‘rtta guruhga uchtadan jamoa taqsimlanadi. Guruh g‘oliblari 2021 yilning iyuniga belgilangan UYEFA Millatlar Ligasi final bosqichi (yarim finallar, uchinchi o‘rin uchun bahs va final) yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. Mezbon mamlakat final raundi ishtirokchilari orasidan tanlanadi. Eng yaxshi jamoa Millatlar Ligasi tarixidagi ikkinchi chempionga aylanadi.

«B» ligasi

Germaniya («A» ligadan tushdi), Islandiya («A» ligadan tushdi), Polsha («A» ligadan tushdi), Xorvatiya («A» ligadan tushdi), Avstriya, Rossiya, Uels, Chexiya, Norvegiya («S» ligadan chiqdi), Serbiya («S» ligadan chiqdi), Finlyandiya («S» ligadan chiqdi), Shotlandiya («S» ligadan chiqdi)

Jamoalar to‘rtta guruhga uchtadan bo‘linishadi.

«C» ligasi

Irlandiya («V» ligadan tushdi), Shimoliy Irlandiya («V» ligadan tushdi), Slovakiya («V» ligadan tushdi), Turkiya («V» ligadan tushdi), Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Gresiya, Isroil, Ruminiya, Chernogoriya, Belarus («D» ligadan chiqdi), Makedoniya SYUR («D» ligadan chiqdi), Gruziya («D» ligadan chiqdi), Kosovo («D» ligadan chiqdi)

Uchta guruhda to‘rttadan, bitta guruhda uchta jamoa bo‘ladi.

«D» ligasi

Kipr («S» ligadan tushdi), Litva («S» ligadan tushdi), Sloveniya («S» ligadan tushdi), Estoniya («S» ligadan tushdi), Ozarbayjon, Andorra, Armaniston, Gibraltar, Qozog‘iston, Latviya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Moldova, San-Marino, Farer orollari

To‘rtta guruhda to‘rttadan jamoa bo‘ladi.

UYEFA MILLATLAR LIGASI-2020|2021 taqvimi

Guruh bosqichi qur’asi: 2020 yil yanvar|fevral

1-tur: 2020 yil 3-5 sentyabr

2-tur: 2020 yil 6-8 sentyabr

3-tur: 2020 yil 8-10 oktyabr

4-tur: 2020 yil 11-13 oktyabr

5-tur: 2020 yil 12-14 noyabr

6-tur: 2020 yil 15-17 noyabr

Final bosqichi qur’asi: sana aniq bo‘lmagan

Final bosqichi: 2021 yilning iyun oyi

YEVRO-2020 «pley-off» o‘yinlari qur’asi: 2019 yil 22 noyabr

YEVRO-2020 «pley-off» o‘yinlari: 2020 yil 26-31 mart

Uchta jamoadan iborat guruhdagi termalar oltita turning to‘rttasida o‘yin o‘tkazishadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 19:57, 01.12.2018.
O'qildi: 2156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.