Kirish Ro'yxatdan o'tish

Umid Ahmadjonov Seulda! U Li Kyu Syok bilan ko‘rishdi

Umid Ahmadjonov Seulda! U Li Kyu Syok bilan ko‘rishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xizmat safari bilan Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi.

MOQ rahbariga ushbu safar davomida O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi raisi Ahmadjon Rahimov hamrohlik qilmoqda. Bugun ular mamlakat poytaxti Seul shahridagi «Hyatt Park Seoul» mehmonxonasida Osiyo taekvondo uyushmasi prezidenti Li Kyu Syok bilan uchrashishdi. 

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va Ahmadjon Rahimov Osiyo taekvondo ittifoqi rahbarini mamlakatimizda taekvondoni rivojlantirish dasturi, mazkur sport turi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida ham to‘garaklar ochish rejasi bilan tanishtirishdi. Bu bo‘yicha bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, janob Syok O‘zbekiston Milliy universitetidagi taekvondo kafedrasiga kelib, ma’ruza qilish uchun taklif qilindi. O‘z navbatida, Osiyo taekvondo ittifoqi rahbari mazkur taklifga ijobiy javob qaytardi. 

Shuningdek, rejaga binoan yanvar oyida Markaziy Osiyo taekvondo assosiasiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirga Li Kyu Syok ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashkil etiladigan yangi assosiasiya rahbarligiga O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi raisi Ahmadjon Rahimov asosiy nomzod bo‘lib turibdi. 

Bugun shuningdek kun davomida taekvondoni rivojlantirish bo‘yicha yana bir necha uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 11:44, 03.12.2018.
O'qildi: 3115 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.