Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining mamlakat futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda jurnalistlar va nashriyot xodimlari  o‘rtasida o‘tkazgan mini-futbol musobaqasi nihoyasiga yetdi.   Besh kun davomida 24ta jamoa olti guruhga bo‘lingan holda kurash olib bordi. Chorak va yarim finaldan keyin O‘FA sun’iy maydonlarida musobaqaning uchinchi o‘rini hamda bosh sovrini uchun o‘yinlar o‘tkazildi.   Dastlab maydonga “Sharq” va “Xalq so‘zi” gazetasi tahririyati vakillari tushishdi. Murosasiz va keskin o‘tgan o‘yinda gazeta xodimlari g‘alaba qozonishdi.    Nihoyat, musobaqaning finali. Maydonda ko‘plab turnirlar g‘olibi va sovrindori, “Sharq” singari uzoq yillik tarkibdan iborat O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining MTRK jamoasi tarkibi yoshlardan iborat, futbol maktabi ko‘rgan, lekin ayni paytda telexodim sifatida ishlayotgan  Zoʻr TV jamoasiga qarshi saf tortdi.  Chinakam jangovar kayfiyatda va deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda MTRK jamoasi Zoʻr TV jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.   Musobaqaning tantanali yopilish marosimida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari O‘ktam Hamroyev va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullayev birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan MTRK, Zoʻr TV hamda “Xalq so‘zi” gazetalari jamoalariga oltin, kumush va bronza medallarini, shuningdek, diplomlarni topshirishdi.  G‘olib jamoaga o‘n million so‘m, sovrindorlarga esa sakkiz va olti million so‘m pul mukofotlari, kitoblar jamlanmasidan iborat maxsus sovg‘alar taqdim etildi.   Aksariyat musobaqalarda bo‘lgani kabi, bu turnirda ham eng yaxshilar aniqlandi. Jumladan, eng yaxshi darvozabon Jamoliddin Hikmatov (Zoʻr TV), eng yaxshi himoyachi Hakimjon Yo‘ldoshev (“Xalq so‘zi”), eng yaxshi yarim himoyachi Azimjon Imomov (“Sharq”), eng yaxshi to‘purar Muhammadali O‘ktamov (“O‘zbekiston” NMIU) hamda eng yaxshi o‘yinchi Jahongir Qayumov (MTRK) deb topildi va ularga ham maxsus sovg‘alar topshirildi.   Uchinchi o‘rin uchun bahs “Sharq” - “Xalq so‘zi” – 0:2   Final Zoʻr TV – MTRK – 0:2
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:22, 06.12.2018.
O'qildi: 3341 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик