Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Dembele va Mbappe o‘rtasida taranglik yuzaga keldi — nima bo‘ldi?

Dembele va Mbappe o‘rtasida taranglik yuzaga keldi — nima bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Bir necha kun oldin Kilian Mbappe o‘zini Usmon Dembele bilan taqqosladi. Mbappe Dembelening barcha tomonidan iqtidorli futbolchi sifatida e’tirof etilganini, o‘zini esa «tanlangan» futbolchi deb hisoblashganini aytgan edi.

Shundan so‘ng Dembele ham bu fikrga javob qaytarib, faoliyati davomida ko‘p mehnat qilgani va hech qachon «tanlangan» futbolchi bo‘lmaganini ta’kidladi.

Garchi futbolchilar o‘rtasida ochiqcha mojaroli holat yuzaga kelmagan bo‘lsa-da, L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, Dembele Mbappening so‘zlaridan norozi bo‘lgan. Futbolchilar 15–16 yoshlaridan buyon do‘st bo‘lib keladi, ammo Kilianning aytganlari Usmonga yoqmagan.

Manba ta’kidlashicha, Dembele Mbappening so‘zlaridan birinchi marta norozi bo‘layotgani yo‘q. So‘nggi yillarda Kilianning ayrim bayonotlari bir necha bor Usmonning g‘ashiga tekkan.

Shu bilan birga, Mbappe va Dembelening ommaviy axborot maydonida bir-biriga javob qaytarishi davom etmasligi ta’kidlangan.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 21:52, 14.09.2026.
O'qildi: 3548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик