Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Klublarni lisenziyalash ishchi guruhi Samarqand va G‘uzorda

Klublarni lisenziyalash ishchi guruhi Samarqand va G‘uzorda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.

Ta’kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab boradi.

Ishchi guruh 4 dekabrda dastlab Jizzaxga keldi va “So‘g‘diyona” klubidagi sharoitlarni tekshirdi. So‘ngra 5 dekabrda Samarqandning “Dinamo” klubida bo‘ldi.

“Dinamo” futbol klubida qilingan monitoring bo‘yicha hulosalar:

- Stadion maysasi qoniqarli holatda, lekin klub uni yaxshilash uchun chim bilan ishlaydigan mutaxassislarni jalb etgan;

- Klub akademiyasi Samarqand viloyati futbol Assosiasiyasi bilan hamkorlikda ishlaydi;

- Klub uchun yangi avtobus sotib olindi; hamda

- Stadion yoritgichlari talablarga javob bermaydi.

Bundan tashqari ishchi guruh 5 dekabrda G‘uzorda bo‘lib, “Sho‘rtan” klubi sharoitlari bilan tanishdi.

“Sho‘rtan” futbol klubida qilingan monitoring bo‘yicha hulosalar:

- Klub akademiyasi tayyor va 2019 yilning yanvar oyidan ishga tushadi;

- Maydon chimi va tribunalarini ta’mirlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda;

- Stadion yoritgichlari talabga javob bermaydi.

Hozirda, talablarni bajarish uchun klub reja asosida ish boshlagan. Jumladan, stadion maysasi, tribuna va boshqa masalalarda ish allaqachon boshlab yuborilgani oydinlashdi. Ishchi guruh bugungi tashrif chog‘ida shuningdek, klub mutasaddilariga kerakli sohalar bo‘yicha maslahat va takliflar berdi.

Tashrif chog‘ida, klub mutasaddilari shuningdek, marketing hamda media sohalarini rivojlantirish uchun harakat qilishayotganini ta’kidlashdi. Muxlislar bilan ishlashda ham, klub ayni damda faol muxlislarni klubga shtat asosida jalb qilishni rejalashtirgan. 

Ma’lumot uchun, PFL monitoring guruhi 6 dekabr kuni Buxoroning “Buxoro” va Navoiyning “Qizilqum” klublarini monitoring qiladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 11:26, 06.12.2018.
O'qildi: 2871 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик