Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

«Markaziy» o‘yingohga Gollandiyadan maysa olib kelinadi

«Markaziy» o‘yingohga Gollandiyadan maysa olib kelinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Namangandagi «Markaziy“ va zaxira stadionida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Bu haqda sizga oldingi xabarlarimizda ham ma’lum qilgan edik. Ana shu munosabat bilan «Navbahor» o‘yingohining asosiy maydoniga Gollandiyadan sifatli maysalar olib kelinadi. Shu o‘rinda zaxira maydoni ham ideal ko‘rinishga keltirilishini aytib o‘tish joiz. Mazkur ish yuzasidan bir oz oldin klub prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazoqov hamda Namangan viloyati futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shamshod Ergashovich Sarikov tezkor yig‘ilish o‘tkazdi.

Shuni ham ta’kidlash joizki, maydonni eng sifatli va zamonaviy ko‘rinishga keltirish uchun hattoki sug‘orish tizimi ham yevropa stadionlaridagi kabi zamonaviy kompyuterlashgan texnologiyalar asosida boshqariladigan bo‘ladi. Bundan tashqari maysani ekish jarayonida Italiya texnalogiyalaridan foydalaniladi. Namangandagi maydonga Gollandiyadan eng oliy navli maysalar olib kelinishi ko‘zda tutilgan. Hozirda «Navbahor» stadioniga maxsus mutaxassislar guruhi tashrif buyurub mavjud holatni o‘rganishni boshlab yuborgan. Maysalar yetib kelishi bilan o‘rnatish ishlarini o‘zlari boshlab beradigan bo‘lishdi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:17, 11.12.2018.
O'qildi: 4029 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик