Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Usmon Dembele jamoadoshlaridan uzr suradi.
Yakshanba kuni 21 yoshli futbolchi uxlab qolgani uchun mashg‘ulotlarga 2 soatga kechikib keldi.
Fransiyalik futbolchi dushanba kuni mashg‘ulot oldidan barcha jamoadoshlarani bir joyga yig‘ib ulardan kechirim so‘radi. U boshqa bu holat qaytarilmasligiga va’da berdi.