Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari Qozog‘istonda o‘tkazilgan basketbol musobaqasida 2-o‘rinni egalladi

Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari Qozog‘istonda o‘tkazilgan basketbol musobaqasida 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

6—10 dekabr kunlari Qozog‘istonda taniqli basketbolchi va murabbiy Kadirbek Uspanov xotirasiga bag‘ishlab 2002—2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha xalqaro chempionati o‘tkazildi.

O‘tgan yili xalqaro miqyosdagi tanlovga aylangan ushbu chempionatda qatnashish uchun Rossiya Federasiyasining Tyumen shahridan ikkita – Chelyabinsk, Kartali va Magnitagorsk hamda Qozog‘istondan Atirau, Kostanay va Olmaota shaharlaridan bittadan jamoalar ishtirok etdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubining jamoasi ham ushbu chempionatda mamlakat sha’nini himoya qilib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2006 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan turnir avvaliga hududiy, keyinchalik viloyat miqyosida o‘tkazilgan. Sekin-asta barcha viloyatlardan tanlab olingan sportchilardan terma jamoa tashkil qilingan. Shundan so‘ng turnir xalqaro maydonga chiqqach, bu yildan Rossiya va O‘zbekistondan ham vakillar ishtirok etdi.

Joriy yilda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi chempionatda Tyumen va Chelyabinsk viloyatlari terma jamoalari yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Birinchi o‘rin mezbonlarga — Kostanay viloyati jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Rossiyaning «Tyumen-1» jamoasi egalladi.

Turnir g‘oliblari medallar, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:07, 13.12.2018.
O'qildi: 1988 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.