Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Osiyo Kubogidagi raqibimiz Ummon terma jamoasi 1-o‘rtoqlik o‘yinida Tojikistonni mag‘lub etdi

Osiyo Kubogidagi raqibimiz Ummon terma jamoasi 1-o‘rtoqlik o‘yinida Tojikistonni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kelasi yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur musobaqaning "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 9 yanvar kuni Osiyo Kubogidagi ilk o‘yinimiz Ummon terma jamoasiga qarshi Sharja shahridagi "Sharjah stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqadagi mazkur raqibimiz Ummon terma jamoasi kecha 13 dekabr kuni Maskat shahrida yon qo‘shnilarimiz Tojikiston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

O‘yindan so‘ng Tojikiston terma jamoasini boshqarayotgan taniqlik o‘zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: "Futbolchilarimiz bugun yaxshi harakat qilishdi. Ammo ikkita qo‘pol xato mag‘lubiyatga uchrashimizga sababchi bo‘ldi. Natija salbiy bo‘lishiga qaramay, yigitlar ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishga harakat qilishayotgani menga yoqdi. Tojikiston terma jamoasining salohiyati bor. O‘yindan o‘yinga kuchayib borishimizga ishonchim komil".

Endi 16 dekabr kuni Ummon terma jamoasi Tojikistonga qarshi yana bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini
Ummon – Tojikiston – 2:1
Gollar: Muhammad Al-Hasaniy, 74 (1:0). Mo‘’taz Solih, 76 (2:0) - Sharafjon Solihov, 89 (2:1).
Ummon: Ahmad Faraj Al Ravahiy, Muhammad Faraj, Muhsin Gavhar, Ahmad Muborak, Xolid Al Barikiy, Komil Al Ahmadiy, Muhsin Al Hasaniy, Ali Salim, Mo‘’taz Solih, Harib Al Sa’diy, Ahmad Al Kabiy.
Tojikiston: Shoxruh Qirg‘izboyev, Siyovush Asrorov, Xurshed Beknazarov, Zoir Jo‘raboyev, Baxtiyor Qalandarov (Huseyn Nurmatov, 80), Amirbek Jo‘raboyev (Karomatullo Saidov, 84), Axtam Nazarov, Muhammadjon Rahimov (Shervoni Mabatshoyev, 77), Komron Tursunov, Ehsoni Panjshanbe (Sharafjon Solihov, 87), Jahongir Ergashev (Sheriddin Boboyev, 69).
Ogohlantirishlar: Xurshed Beknazarov (Tojikiston).
Bosh hakam: Muhammad Hasan Mahmud Arafa (Iordaniya).

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:04, 14.12.2018.
O'qildi: 3269 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик