O‘zbekiston milliy terma jamoasining Turkiyadagi yig‘iniga jalb qilingan Yaponiyaning "Jubilo Ivata" klubi a’zosi Fozil Musayev jarohat, Kuper qo‘lostidagi ilk yig‘in, bo‘lajak Osiyo Kubogi va u yerdagi raqiblarimiz haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Jarohatim tufayli uzoq muddat futbol o‘ynay olmadim. Murakkab tiklanish jarayonini boshdan kechirdim. Lekin bunday holatlar har bir futbolchining qismatida bor. Endilikda hammasi ortda qoldi. Hozirda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Klubim tarkibida so‘nggi uchta o‘yinda qatnashdim. Ikkitasida zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsam, bitta o‘yinni to‘liq o‘tkazdim. Kelajakka katta umidlar bilan qarayapman.
Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamizning yig‘iniga ilk bor taklif oldim. Bor kuch va mahoratimni namoyish qilib, murabbiyning ishonchini oqlashga harakat qilmoqchiman. Har bir murabbiyning o‘z taktikasi va o‘yin uslubi bor. Yig‘in davomida Kuper mendan nima talab qilayotganini anglab, uning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishga harakat qilmoqchiman.
Milliy terma jamoamizda eng kuchli chiziq aynan men to‘p suradigan yarim himoya chizig‘i. Bu chiziqda raqobat juda kuchli. Ammo men raqobatdan cho‘chimayman. Raqobatning bo‘lgani yaxshi. Birinchi navbatda O‘zbekiston terma jamoasi uchun bu foydali. Qolaversa, futbolchilar ham o‘z ustilarida ko‘proq ishlashlariga to‘g‘ri keladi.
Hozirda butun dunyoda, shu jumladan, Osiyoda ham barcha terma jamoalar kuchayishgan. Avvalgidek, osonlikcha mag‘lub etsa bo‘ladigan jamoalar qolmagan. Birlashgan Arab Amirliklaridagi bo‘lajak Osiyo Kubogiga barcha katta maqsadlar bilan tayyorgarlik ko‘ryapti. G‘oliblik uchun qattiq kurash kechadi. Agar astoyidil mehnat qilib, yaxshi tayyorgarlik ko‘rsak, mening fikrimcha, Osiyo Kubogida muvaffaqiyat qozona olamiz. Buning uchun bizda barcha narsa bor. Faqat murabbiyning aqlli taktikalaridan tashqari, futbolchilarning o‘zida ham ishtiyoq yuqori bo‘lishi kerak. Futbolchilarning o‘zlari ham g‘alaba uchun borlarini berib o‘ynashlari zarur. Aks holda, murabbiy qanchalik kuchli bo‘lmasin, natijaga erishish qiyin.
Osiyo Kubogidagi guruhimiz ancha kuchli. Yaponiya butun musobaqaning favoriti hisoblanadi. Men yaponiyadaligimda ularning tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdim. Aytish kerakki, o‘z tarixlarida 5-marta Osiyo Kubogini qo‘lga kiritishga astoyidil harakat qilishmoqda. Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyining intervyusini ham ko‘rdim. Butun fikru xayoli BAAdagi musobaqada g‘alaba qozonishga qaratilgan. Shunday bo‘lsa-da, biz ularga munosib qarshilik ko‘rsata olamiz, deb o‘ylayman. Agar birgalikda bir maqsad yo‘lida birlashsak, albatta natijaga erishamiz".
Mayk Tayson og‘ir vazndagi eng kuchli bokschini aytdi [8599]
"Real" Kroosning o‘rnini bosa oladigan futbolchini aniqladi [4950]
JCH-2026 saralash. Qatar - O‘zbekiston. Tarkiblar aniq [4863]
"Liverpul" bilan o‘yinda "Real" himoyasida kim o‘ynashi ma’lum bo‘ldi [4711]
Ronaldu: "Portugaliya, rahmat" [4568]
Ramos o‘z xizmatlarini "Real"ga taklif qildi - javob ma’lum [3948]
Ramos yangi klubga o‘tishga yaqin turibdi [3697]
Endrik «Real»dan Ronaldoning klubiga o‘tishi mumkin [3050]
Globe Soccer Awards: yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e’lon qildi [3000]