Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Sport ta’limi muassasalarida ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tartibga solinmoqda

Sport ta’limi muassasalarida ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tartibga solinmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugungi kunga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida yuritilishi lozim bo‘lgan hujjatlar tartibga solinmagani soha xodimlari faoliyatida bir qator qiyinchiliklarni, xususan ortiqcha qog‘ozbozlikni keltirib chiqargan.   

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solish maqsadida jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018 yil 27 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport ta’lim muassasalarida ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi 1010-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Buyruq asosan vazirlik tizimidagi sport-ta’limi muassasalari (ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari va sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari) uchun davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv-reja va maxsus o‘quv fanlari bo‘yicha namunaviy dasturlar hamda sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligi yuzasidan namunaviy o‘quv loyihasini, shuningdek, mazkur muassasalarga mutaxassislik bo‘yicha yetishmayotgan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzildi. 

Shuningdek, buyruqqa asosan sport-ta’lim muassasalari direktorlari uchun “Vazirlik tizimidagi sport-ta’lim muassasalari faoliyatiga oid hujjatlarni hamda sport hakami faoliyatini tartibga solish” mavzusida hududiy o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.   

Sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy hujjatlar va o‘quv adabiyotlari vazirlik huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bir so‘z bilan aytganda ushbu buyruqqa asosan vazirlik tizimidagi sport-ta’limi muassasalarida ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tartibga solinadi, ortiqcha qog‘ozbozlikning oldi olinadi. Shuningdek, ta’lim muassasalari mutaxassislik bo‘yicha yetishmayotgan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlanadi.

 

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 03:19, 15.12.2018.
O'qildi: 3908 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.