Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Yamalning qiz do‘sti: «Jahon chempionati finaliga chiqish uchun hamma narsani qil»

Yamalning qiz do‘sti: «Jahon chempionati finaliga chiqish uchun hamma narsani qil»

Baho:
+ | -3
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamalning qiz do‘sti Ines Garsiya mundial finalining tanaffus vaqtida bo‘lib o‘tadigan shou dasturi e’lon qilinganidan so‘ng, futbolchiga emosional tarzda murojaat qildi.

«Mening sevgilim, finalga chiqish uchun hamma narsani qil. Meni eshityapsanmi? Hamma narsani», — deb yozdi Garsiya va qo‘shiqchi Jastin Biberning chiqishi haqidagi anons e’lonini ilova qildi.

Avvalroq, mundialning hal qiluvchi bahsi tanaffusida Jastin Biber, Shakira va bir qator boshqa mashhur yulduzlar chiqish qilishi ma’lum bo‘lgandi.

Ispaniya terma jamoasi chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Chorak finalda jamoa Belgiya bilan to‘qnash keladi, yarim finalda esa ispanlarni Fransiya – Marokash juftligi g‘olibi kutadi. Turnirning final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:57, 09.07.2026.
O'qildi: 1845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик