Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Darvozabon gol uradigan, yulduzlar yutqazadigan liga...

Darvozabon gol uradigan, yulduzlar yutqazadigan liga...

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Yaponiya milliy chempionatining navbatdagi mavsumi ortda qoldi. J-liga finish marrasiga yetishidan oldin, aniqrog‘i, 33-turda jahon futbolining chin yulduzlari ishtirokida birdaniga 2ta drama kuzatildi. Birinchisi Fernando Torres, ikkinchisi esa Lukas Podolski hamda Andres Inyesta bilan.

Torres bosh rolda

IspaniyalikFernando Torres yangi jamoasi - «Sagan Tosu»ga katta yordam berdi. Bu klub garchi J-liganing yaqqol autsayderi sanalgan bo‘lsada, yakunda mag‘lubiyatsiz seriyasini 5ta o‘yinga yetkazdi. Ya’ni oxirgi turlar doirasidagi bahslarda ko‘tarinki ruhda maydonga tushdi. E’tiborlisi, «Sagan» 33-turda ancha kuchli «Gamba Osaka»ni «chilparchin» qildi - 3:0. Vaholanki, osakaliklar g‘alaba qozonishganida turnir jadvalining yuqori to‘rtligidan joy olish imkoniyatini saqlab qolishardi. «Sagan» futbolchilari ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida ketma-ket 2ta gol urishdi. Bu vaziyatlarda Ono va Kanazakini aynan Torres zarba yo‘liga chiqardi. Uchrashuv oxirida esa ispan faxriysining o‘zi «Gamba»ni betakror zarbasi bilan «siyladi». Muhimi, «Sagan» Torres faolligi natijasida qo‘lga kiritilgan muhim g‘alaba evaziga turnir jadvalining xavfli hududidan chiqib oldi va oxirgi turda OCHL-2018 g‘olibi - «Kashima Antlers» maydonidan 0:0 hisobi bilan qaytib, chempionatni 14-o‘rinda yakunladi.

Inyesta va Podolski ojizroq...

Tarkibiga Lukas Podolski va Andres Inyestadek mashhur ijrochilarni qo‘shib olgan «Vissel Kobe» oxirgi turdagi g‘alaba evaziga 10-o‘ringa ko‘tarildi. Lekin jamoaga o‘tish o‘yinlarida qatnashishdek yoqimsiz yakun xavf solayotgandi. Chunonchi, «Kobe» finishda ochko ololmaganida va «Yokogama F-Marinos», «Jubilo Ivata», «Nagoya Grampus» hamda «Sagan Tosu» tengdaniga g‘alaba qozonganida, yevrofutbolda afsona darajasiga ko‘tarilgan ispaniyalik va germaniyalik elitada qolish huquqini beruvchi «pley-off» o‘yinlarida qatnashishga majbur bo‘lardi. Aslida «Kobe» 33-turdan o‘rin olgan «Shimisu S-Pals»ga qarshi uchrashuvdayoq masalani ijobiy hal qilib qo‘yishi kerak edi. Biroq jamoaga «yig‘inchoq»lik va e’tibor yetishmadi. Har holda, «visselchilar» muhim o‘yinni 9 kishi bo‘lib tugatishdi - asosiy futbolchilar - Fusita va Vellington maydondan chetlashtirildilar. Boz ustiga, klub 3-golni asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 14-daqiqa (!)da qo‘yib yubordi. Eng qizig‘i, barchasini hal qilgan golni «Simisu» golkiperi Yuji Rokutan urdi. U burchak to‘pi amalga oshirilayotgan pallada raqib jamoa jarima maydoniga talpindi va boshi bilan aniq zarba yo‘llab, «Kobe»dagi ampluadoshini ojiz qoldirdi.

***

Yaponiya elit ligasiga daxldor ayrim faktlar

• 2-o‘rin uchun birdaniga 3ta jamoa kurash olib bordi va barchasi so‘nggi turda hal bo‘ldi.

• Andres Inyesta Yaponiya chempionatidagi debyut mavsumida 14ta o‘yinda qatnashib, 2ta gol urdi va 5ta samarali uzatma muallifiga aylandi. Kamtarona ko‘rsatkich. Axir «Kobe» Kataloniya futboli faxriga bir mavsum uchun 30 million dollar miqdorida maosh beradi. Qo‘shimchasiga, Andres mahalliy bozorda shaxsiy vinosi savdosini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lgan. To‘g‘ri, shunday manfaatli shartnomaga qaramay, Inyesta Yaponiyada o‘ynayotganidan uncha xursand emas, chog‘i. Deylik, u oxirgi vaqtlarda «Barselona»ga qaytishni rejalashtirayotgani haqida gapira boshladi.

• J-liganing eng yaxshi to‘purari - SSKA (Moskva)da tanilgan braziliyalik hujumchi Jo. U chempionat davomida 22ta gol urdi.

• Yaponiya ligasida o‘zining Krishtianusi bor (to‘liq ism-sharifi: Krishtianu da Silva). «Kashiva Reysol» klubi hujum chizig‘ida to‘p surgan bu futbolchi chempionat davomida o‘z nomiga 7ta gol yozib qo‘ydi. To‘g‘ri, J-liga Krishtianusining faoliyati uncha yorqin emas: u ma’lum muddat «RB Zalsburg» jamoasida o‘ynagani bilan maqtanishi mumkin. Darvoqe, «Kashiva» vakili FIFA18 virtual o‘yinining eng noyob obraziga aylangan. Uning boshlang‘ich bahosi chamasi 80 ming o‘yin tangasiga teng.

• Avvalgi mavsum juda yaxshi taassurot qoldirgan «Jubilo Ivata»ning ishlari sira yurishmadi. Xususan, hamyurtimiz Fozil Musayev jarohatlanib, safdan chiqqach, jamoaning ishlari mutlaqo orqaga ketdi. Yakunda «Ivata» finish marrasiga 16-o‘rinda yetib keldi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:33, 16.12.2018.
O'qildi: 2442 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.