Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

PFL «Metallurg» va «So‘g‘diyona» klublarini ogohlantirdi

PFL «Metallurg» va «So‘g‘diyona» klublarini ogohlantirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.

Aynan shu reglamentga muvofiq klublarni lisenziyalash bo‘yicha PFL ishchi guruhi 4 dekabr kuni “So‘g‘diyona” va 12 dekabr kuni “Metallurg” futbol klublarida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazdi.

O‘rganishlar jarayonida ikkala futbol klublari stadionlari maydonining talab darajasida emasligi, maydon yoritish tizimini mutaxassislarni jalb etgan holda sozlash kerakligi, stadiondagi o‘rindiqlar, futbolchilarning kiyinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari ta’mirtalab holatga kelib qolganiligi, futbol akademiyasini tashkil etish choralari ko‘rilmagani, moliyaviy qarzdorliklarni bartaraf etilmagani, shuningdek, “So‘g‘diyona” stadionida OAV hodimlari uchun yetarlicha sharoitning mavjud emasligi aniqlandi. 

Ta’kidlash lozim, “So‘g‘diyona” va “Metallurg” futbol klublari tomonidan mazkur kamchiliklar joriy yil 25 dekabr sanasiga qadar bartaraf etish choralari ko‘rilmasa, O‘zbekiston Professional futbol ligasining klublarni lisenziyalash bo‘yicha ishchi guruhi xulosasiga asosan futbol klublarini kelasi mavsum uchun Superligadan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqilishi yuzasidan “So‘g‘diyona” va “Metallurg” futbol klublari jiddiy ogohlantirildi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 12:53, 17.12.2018.
O'qildi: 2766 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.