Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘oniston bilan o‘ynamaydi, ammo...

O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘oniston bilan o‘ynamaydi, ammo...

Baho:
+ | -

O‘zbekiston MTJ Turkiyada Afg‘oniston bilan o‘ynashi yolg‘on ma’lumot. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bir oz avval yurtimidagi ba’zi ommaviy axborot vositalarida ayni paytda Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni Afg‘oniston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Mazkur xabarlarga manba sifatida Turkmaniston futbol federasiyasining rasmiy sayti ko‘rsatilgan. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bu xabar noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qiladi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Afg‘oniston bilan o‘rtoqlik o‘yini O‘TKAZMAYDI. Turkiyadagi yig‘in davomida bitta nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu nazorat uchrashuvi yopiq tarzda bo‘lib o‘tadi. Qaysi jamoaga qarshi nechanchi sanada o‘tkazilishi O‘FA rasmiy sayti orqali ma’lum qilinadi.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bog‘liq aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni faqat tashkilot rasmiy saytidan yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahiflaridan olishni tavsiya qiladi. 

Boshqa manbalarda berilgan O‘FA bilan bog‘liq xabarlarni yoritishda O‘FA Matbuot xizmati bilan bog‘lanib, xabarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirib olishni ham so‘rab qoladi”, deyiladi O‘FA xabarida.

Manba: Stadion
Kiritildi: 22:25, 17.12.2018.
O'qildi: 8463 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.