Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHL. Guruh bosqichi. 6-turning TEXNIK KO‘RSATKICHLARi haqida...

YECHL. Guruh bosqichi. 6-turning TEXNIK KO‘RSATKICHLARi haqida...

Baho:
+ | -

Yevropa CHL guruh bosqichi yakun topgan bo‘lsada, quyida aynan yakuniy turning qiziqarli statistikasini keltirishni ma’qul ko‘rdik...

Darvoza tomon aniq zarbalar soni bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Neymar («PSJ») - 16ta; Robert Levandovski («Bavariya») - 15ta; Edin Jeko («Roma») - 12ta.

Darvoza tomon noaniq zarbalar soni bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Luis Suares («Barselona») - 13ta; Kilian Mbappe («PSJ») - 11ta; Markus Rashford («MYU») - 10ta.

Eng ko‘p sariq kartochka olgan futbolchilar: Muhammad Ali Kamara («Yang Boyz»), Nikolas Talyafiko («Ayaks») - 4tadan. Jami 393ta sariq va 18ta qizil kartochka ko‘rsatildi.

Eng ko‘p qo‘pollik sodir etgan futbolchilar: Denzel Dyumfris (PSV) - 18 marta; Joelinton («Xoffenxaym») - 16 marta; Loris Benito («Yang Boyz»), Erik Lamela («Tottenxem»), Junior Morayes («Shaxtyor») - 15 martadan.

Qo‘pollikdan eng ko‘p jabr chekkan futbolchilar: Neymar («PSJ») - 34 marta; Erving Losano (PSV) - 24 marta; Gjegoj Krixovyak («Lokomotiv») - 19 marta.

Eng yaxshi to‘p oshiruvchi futbolchilar: Aksel Vitsel («Borussiya» D.) - 447tadan 427tasi aniq, 96 foiz aniqlik; Manuel Akanji («Borussiya» D.) - 462tadan 439tasi aniq, 95 foiz aniqlik; Toni Kroos («Real») - 558tadan 522tasi aniq, 94 foiz aniqlik; Serxio Buskets («Barselona») - 464tadan 438tasi aniq, 94 foiz aniqlik. 11 nafar futbolchi hisobida 400tadan ko‘p aniq uzatma bor.

Chap oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Lionel Messi («Barselona»),   Paulo Dibala («Yuventus») - 5tadan.

O‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Robert Levandovski («Bavariya») - 6ta; Andrey Kramarich («Xoffenxaym») - 4ta.

Bosh bilan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Garri Keyn («Tottenxem»), Karim Benzema («Real»), Robert Levandovski («Bavariya»), Lyuk de Yong (PSV), Emerik Lyaport («Manchester Siti») - 2tadan.

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Robert Levandovski («Bavariya») - 8ta; Edin Jeko («Roma»), Lionel Messi («Barselona»), Dushan Tadich («Ayaks») - 5tadan.

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha yetakchi futbolchilar: Andrey Kramarich («Xoffenxaym»), Neymar («PSJ»), Gabriel Jezus («Manchester Siti») - 2tadan.

Eng ko‘p masofa bosib o‘tgan futbolchilar: Marselo Brozovich («Inter») - 73447 metr; Joshua Kimmix («Bavariya») - 70442 metr; Ruud Vormer («Bryugge») - 69840 metr; Dushan Tadich («Ayaks») - 69150 metr. 16 nafar futbolchi 66 kilometrdan ko‘p masofa bosib o‘tdi.

Eng ko‘p gol urgan jamoalar: «PSJ» - 17ta; «Manchester Siti» - 16ta; «Bavariya», «Portu» - 15tadan.

Eng kam gol urgan jamoalar: «Monako», AYEK - 2tadan; «Yang Boyz», «Lokomotiv» - 4tadan.

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: «Bavariya» - 15ta; «PSJ», «Portu», «Manchester Siti» - 13tadan.

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: «Barselona» - 4ta; «PSJ», «Manchester Siti» - 3tadan.

Jarima maydoni tashqaridan gol urmagan jamoalar: 10ta.

Penalti orqali gol urish bo‘yicha yetakchi jamoalar: «Portu», «Liverpul» - 3tadan.

Eng ko‘p sariq kartochka olgan jamoalar: «Valensiya» - 20ta; «Atletiko» - 18ta; «Ayaks», «Srvena Zvezda» - 17tadan.

Eng kam sariq kartochka olgan jamoalar: «Roma» - 7ta; «Manchester Siti», «Real», «Bryugge» - 8ta.

Eng ko‘p qizil kartochka olgan jamoalar: AYEK, «Xoffenxaym», SSKA, «Yang Boyz» - 2tadan.

Darvoza tomon eng ko‘p zarba bergan jamoalar: «Barselona», «Real» - 118tadan; «Manchester Siti» - 116ta.

Darvoza tomon eng kam zarba bergan jamoalar: AYEK - 37ta; «Srvena Zvezda» - 43ta; «Bryugge» - 48ta.

Darvoza tomon eng ko‘p aniq zarba bergan jamoalar: «PSJ» - 48ta; «Roma» - 45ta; «Barselona» - 44ta.

Darvoza tomon eng ko‘p noaniq zarba bergan jamoalar: «Real» - 53ta;  «Manchester Siti» - 51ta; «Barselona» - 45ta.

Eng ko‘p burchak to‘pi tepgan jamoalar: «Real» - 61ta; «Tottenxem» - 43ta; «Bavariya» - 41ta.

Eng kam burchak to‘pi tepgan jamoalar: «Bryugge» - 15ta; «Srvena Zvezda» - 17ta; «Lion» - 18ta.

Eng ko‘p «pas» uzatgan jamoalar: «Borussiya» D. - 4447ta (90 foiz aniq); «Barselona» - 4247ta (89 foiz aniq); «Real» - 4212ta (89 foiz aniq).

Eng kam «pas» uzatgan jamoalar: PSV - 1931ta (76 foiz aniq); «Srvena Zvezda» - 1948ta  (74 foiz aniq); «Viktoriya» Pl. - 2243ta  (80 foiz aniq).

To‘pga egalik qilish bo‘yicha yetakchi jamoalar: «Real» - 62 foiz; «Barselona», «Borussiya» D. - 60 foiz; «Manchester Siti» - 59 foiz.

To‘pga egalik qilish bo‘yicha maqtanolmaydigan jamoalar: «Srvena Zvezda» - 35 foiz; PSV - 37 foiz; «Viktoriya» Pl., «Bryugge» - 41 foiz.

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Ayaks» - «Bavariya» (29ta qo‘pollik, 5ta sariq va 2ta qizil kartochka).

Eng «tartib»li o‘yin: «Borussiya» D. - «Monako» (16ta qo‘pollik, sariq va qizil  kartochka yo‘q).

Darvoza tomon eng ko‘p zarba berilgan o‘yin: «Lion» - «Xoffenxaym» (46ta zarba, 19tasi aniq).

Darvoza tomon eng kam zarba berilgan o‘yin: «Bryugge» - «Atletiko» (13ta zarba, 5tasi aniq).

Eng ko‘p «pas» berilgan o‘yin: «Borussiya» D. - «Bryugge» (1390ta, 1254tasi aniq).

Eng kam «pas» berilgan o‘yin: «Portu» - «Galatasaroy» (695ta, 532tasi aniq).

Penaltilar statistikasi: 33ta, 25tasi samarali.

To‘purarlar: Robert Levandovski («Bavariya») - 8ta; Lionel Messi («Barselona»), 6ta; Edin Jeko («Roma»), Paulo Dibala («Yuventus»), Andrey Kramarich («Xoffenxaym»), Mussa Marega («Portu»), Neymar («PSJ»), Dushan Tadich («Ayaks») - 5tadan; Rafael Gerreyru («Borussiya» D.), Antuan Grizmann («Atletiko»), Mauro Ikardi («Inter»), Garri Keyn («Tottenxem») - 4tadan.

Eng yaxshi assistentlar: Riyod Mahrez («Manchester Siti»), Karlos Soler («Valensiya») - 4tadan.

 

Zaxira o‘rindiG‘i

vakillari ulushi

5ta gol

«Borussiya» D.: Rafael Gerreyru - 2ta, Kristian Pulishich, Yakob Larsen, Jeydon Sancho

2ta gol

«Benfika»: Alfa Semedu, Jedson

«MYU»: Xuan Mata, Markus Rashford

1ta gol

«Ayaks»: Donni van de Beek

«Bavariya»: Kingsli Koman

«Barselona»: Malkom

«Galatasaroy»: Seljuk Inan

«Liverpul»: Roberto Firmino

«Lokomotiv»: Jefferson Farfan

«Manchester Siti»: Bernardu Silva

«Portu»: Otavio

«Real»: Mariano Dias

«Tottenxem»: Kristian Eriksen

«Xoffenxaym»: Joelinton

«Shaxtyor»: Maykon

«Yuventus»: Paulo Dibala

 

REKORDLAR, FAKTLAR, RAQAMLAR...

1 - «Borussiya» D. guruh bosqichining 5ta o‘yinida gol qo‘yib yubormagan Germaniyaning birinchi klubi bo‘ldi.

1 - «Barselona» CHLda 2006 yilning dekabridan buyon ilk marta o‘yinni nazorat qilish bo‘yicha raqibiga imkoniyatni boy berdi: 48,8 foiz.

4 - SSKA M. darvozaboni Igor Akinfeev bir mavsum doirasida «Real»ga qarshi kechgan 2ta o‘yinda gol qo‘yib yubormagan 4-futbolchi bo‘ldi. Bunga qadar Edvin van der Sar («Ayaks», 1995|1996), Yens Lemann («Arsenal», 2005|2006) va Xose Reyna («Liverpul», 2008|2009) bunday ko‘rsatkich qayd etishgandi.

 - «Portu» vakili Mussa Marega CHLda ketma-ket 5ta o‘yin (2-turdan boshlab)da gol urib, klubning sobiq hujumchisi Mario Jardel qayd etgan natija (1999|2000 yillar mavsumida qatorasiga 4ta o‘yinda gol)ni yangiladi.

9 - Muhammad Saloh «Liverpul»ning o‘z maydonidagi oxirgi 9ta o‘yinida 9ta gol urdi. «Enfild Roud»da birgina Stiven Jerrard bundan ko‘proq gol nishonlagan - 14ta.

9 - «Portu» CHL guruh bosqichida 9ta o‘yindan buyon yutqazmayapti. Klubning bu boradagi eng yaxshi natijasi 2014 yil sentyabr - 2015 yil noyabr oralig‘ida kuzatilgan - 10ta mag‘lubiyatsiz o‘yin.

10 - «Atletiko»  2013|2014 yillar mavsumidan buyon CHL doirasida jami 10ta «quruq» o‘yin o‘tkazdi. Madrid jamoasi bu borada yaqqol yetakchi.

32 - Neymar («PSJ») CHLda 32-golini nishonlab, braziliyalik to‘purarlar ro‘yxatidagi peshqadamlik mavqeini mustahkamladi. Keyingi o‘rinlarda Kaka (30ta), Rivaldo (27ta) va Jardel (25ta) bor.

32 - CHLning joriy mavsumida har 32-daqiqada gol urilmoqda. Qisqasi, 1ta o‘yinga o‘rtacha hisobda 2,86ta gol to‘g‘ri kelmoqda.

44 - «Real»ning o‘z maydonidagi CHL o‘yinlariga bog‘liq mag‘lubiyatsiz seriyasi uzildi. Madridliklar SSKAga 0:3 hisobida yutqazishlaridan oldin o‘z muxlislari qarshisida oxirgi marta 2011 yilning 27 aprelida «Barselona»ga bas kelolmagandilar. Jamoa shu orada naq 44ta uy uchrashuvida mag‘lubiyat nimaligini bilmadi.

50 - «PSJ» hujumchisi Edinson Kavani evrokuboklardagi gollari sonini 50taga yetkazib qo‘ydi.

53 - Robert Levandovski CHLda 52-53-gollarini nishonladi. Turnirda 2011 yili debyut qilgan polshalik hujumchi yana 3ta gol ursa, to‘purarlar ro‘yxatida yuqori 5talikka kiradi. Umuman olganda, Robert yevrokuboklar doirasidagi 102ta o‘yinda 60ta gol urgan.

70 - «PSJ» CHL guruh bosqichi 6-turida joriy mavsumdagi jami gollari sonini 70taga yetkazdi. Bu Yevropa klublari uchun eng yuqori natijadir.

200 - «Inter»ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi  klub safida barcha turnirlar doirasida 200-marta maydonga tushdi. Bundan tashqari, u Milandagi ketma-ket 3ta o‘yinda gol urib, klub rekordini o‘rnatdi.

402 - «Atletiko»ni 402-marta maydonga boshlab tushgan Diyego Simeone «Monako»ga qarshi bahs- (2:0)da 247-g‘alabasini rasmiylashtirdi.

2000 - Ahmad Kutujyu («Shalke») 2000 yildan keyin tug‘ilganlar orasida CHLda debyut qilgan birinchi futbolchi bo‘ldi. U 2000 yilning 1 mart kuni aynan Gelzenkirxen shahrida tavallud topgan.

Izoh: mazkur ko‘rsatkichlar 13 dekabr holati bo‘yicha keltirildi. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 02:26, 20.12.2018.
O'qildi: 10766 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.