Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

25 dekabr kuni yosh hakamlar attestasiyadan o‘tkaziladi

25 dekabr kuni yosh hakamlar attestasiyadan o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda hakamlikni rivojlantirish, hakamlar malakasini oshirish, ularning kasbga bo‘lgan layoqatlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida, muntazam ravishda hakamalarni attestasiyadan o‘tkazib kelmoqda.

Shunga ko‘ra, shu yilning 25 dekabr kuni Toshkent shahrida Respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan 40 nafardan ortiq yosh hakamlarni attestasiyadan o‘tkazish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Attestasiyada hakamlar jismoniy tayyorgarlik hamda futbol o‘yini qoidalari bo‘yicha sinovdan o‘tadilar. Jismoniy testlar Toshkent shahridagi  Yengil Atletika federasiyasi yugurish yo‘lakchasida o‘tkazilsa, nazariy imtihonlar "Chig‘atoy" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Imtihonlar O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladi.

Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh hakamlar kelasi yilning yanvar oyida Pro-liga hakamlar uchun bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif etiladi.

Kiritildi: 11:59, 20.12.2018.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик