Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Karate. O‘zbekistonda hindistonlik sportchi va murabbiylar uchun master-klass tashkil etib berildi

Karate. O‘zbekistonda hindistonlik sportchi va murabbiylar uchun master-klass tashkil etib berildi

Baho:
+ | -

Sir emaski, o‘zbek karatechilari Osiyoda o‘ziga xos obro‘-e’tiborga egalar. Shu sababdan ham qit’amizning ko‘plab mamlakatlari karatechilarimiz, sportchilar bilan tajriba almashish, birgalikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish istagini bildiradilar.

20-21 dekabr kunlari poytaxtimizda hindistonlik karatechilar uchun mahorat saboqlari tashkil etildi. Ikki kun davomida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi O‘ktam Bekpo‘latov Hindistondan tashrif buyurgan karatechilar va ularning murabbiylariga mahorat darslarini o‘tib berdi. Mazkur yig‘in orqali sportchilar 2019 yilgi A Seriya, Premyer-liga musobaqalari oldidan o‘ziga xos tajriba to‘pladilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tashrif davomida mehmonlar O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi raisi Alamjon Mullayev bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, karateni yanada rivojlantirish va boshqa masalalarni muhokama qilishdi. Tomonlar yana uch oydan so‘ng Toshkent shahrida navbatdagi mahorat saboqlarini qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ilk marotaba karate bo‘yicha musobaqalar tashkil qilinadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:24, 21.12.2018.
O'qildi: 2192 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.