Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Poytaxtimizda sport-ta’lim muassasalari direktorlari uchun respublika o‘quv seminari o‘tkazildi

Poytaxtimizda sport-ta’lim muassasalari direktorlari uchun respublika o‘quv seminari o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jismoniy tarbiya va sport vazirining vazirlik tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tartibga solish to‘g‘risida buyrug‘i qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 20-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida ushbu buyruqda belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlashga qaratilgan “Vazirlik tizimidagi sport-ta’lim muassasalari faoliyatiga oid hujjatlarni hamda sport hakami faoliyatini tartibga solish” mavzusida hududiy o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari direktorlari, sport federasiya (assosiasiya)lari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida tashkil etilgan seminarning birinchi kunida jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari SH.Mo‘minjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar xususida batafsil ma’lumot berdi. Tadbirda, shuningdek, ta’lim muassasalarida yuritilishi lozim bo‘lgan hujjatlar nomenklaturasi, davlat ta’lim standartlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish hamda ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari Mirobod tumanida joylashgan 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabiga hamda Yengil atletika va sport o‘yinlariga ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar sport maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif vaqtida bolalar-o‘smirlar sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv hujjatlarning yuritilishi va mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbirning ikkinchi kunida ishtirokchilarga ta’lim muassasalarini obodonlashtirish, na’munaviy yo‘riqnoma asosida bezash va jihozlash, moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish, yuridik xizmat, sport hakamligi faoliyatiga doir malaka talabalari, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tartibga solish to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shu kuni seminar ishtirokchilari “Milliy” stadioni, “Olimpiya” shon shuhrati muzeyi hamda “Universal” sport saroyiga tashrif buyurishdi.  

Yakunda ishtirokchilarga ushbu seminar davomida olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘z muassasalarida amaliyotga joriy etish vazifasi yuklandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13-14 dekabr kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida faoliyat olib borayotgan sport-ta’limi muassasalari rahbarlari uchun “Vazirlik tizimidagi sport-ta’lim muassasalari faoliyatiga oid hujjatlarni hamda sport hakami faoliyatini tartibga solish” mavzusida hududiy o‘quv seminar o‘tkazilgan edi.

Manba: www.minsport.uz
Kiritildi: 19:59, 21.12.2018.
O'qildi: 1901 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.