Muayyan bir klub muvaffaqiyat qozonsa, uning eng ko‘p gol urgan futbolchilari nisbatan ko‘proq e’tirofga loyiq ko‘riladilar.
Samarali uzatmalar bilan ularga qulay imkoniyat yaratib berganlar esa, ko‘pincha nazardan chetda qolishadi. Shuni inobatga olgan holda, Pepsi Superliga-2018da «Gol + pas» tizimi bo‘yicha yuqori natija qayd etgan 20 nafar futbolchi ro‘yxatini hukmingizga havola etyapmiz. Tushunarliki, ushbu elit varaqada goleadorlik mahoratini namoyish etganlardan tashqari, jamoalarning tengsiz assistentlari ham o‘rin olishgan.
Reytingning yuqori qismida turnirning yetuk merganlarini ko‘rishimiz tabiiy hol. Zero, hujumga moyil futbolchilarda gol urish barobarida sheriklarini yakuniy zarba yo‘liga chiqarish imkoniyati ham baland. Deylik, yakuniga yetgan mavsum raqiblar darvozasini 17 marta ishg‘ol qilib, merganlar poygasida g‘olib chiqqan Tiago Bezerra yana 5ta gol assistenti bo‘ldi. Xullas, «Gol Q pas» reytingida ham aynan braziliyalik futbolchi eng yuqori pog‘onani egalladi. Umuman, «Paxtakor»ning hujumkor vakillariga mavsum chin ma’noda omadli keldi. Xususan, jamoaning yana bir legioneri - Ismoil Gonsalvesh bu ro‘yxatda 18 ochko (16ta gol va 2ta uzatma) to‘plab, ikkinchi bo‘ldi. «Lokomotiv» to‘purari Marat Bikmayev ham xuddi shuncha ochko jamg‘ardi, faqat bitta farqi shuki, unda gollar soni kamroq (14ta gol va 4ta uzatma). Marat shuning hisobiga ro‘yxatda Gonsalveshdan pastroqda - 3-o‘rin.
Bevosita faqat assistentlik masalasiga to‘xtalsak, «Bunyodkor» yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jayevning ko‘rsatkichiga havas qilsa arziydi - 12ta samarali uzatma. O‘z navbatida, hisobiga 3ta gol ham yozdirib qo‘ygan iste’dodli futbolchi «Gol + pas» tizimi ro‘yxatida 5-o‘rinni band etdi. Undan bitta yuqori pog‘onaga «Qo‘qon-1912» yetakchisi - jamoaning shtatli penaltichisi, standart vaziyatlar ijrosini qoyillatadigan Murod Xolmuhammedov (11ta gol va 4ta uzatma) joylashdi. Mavsumni «Nasaf»da boshlab, so‘ngra AGMK safida ham sheriklarini samarali uzatmalar bilan ta’minlagan Jasur Hasanov ham assistentlik bobida eng yaxshilardan biri (3ta gol va 11ta «pas») bo‘ldi. Bobur Abduxoliqov («Nasaf», 13ta gol) hamda Yovan Jokich (AGMK, 11ta gol) esa mazkur ro‘yxatdan faqat gollar tufayli joy olishdi.
Pepsi Superliga-2018: «Gol + pas» reytingi (top-20)
№ |
Futbolchi |
Jamoasi |
«Gol + pas» |
Gol |
«Pas» |
1 |
Tiago Bezerra |
Paxtakor |
22 |
17 |
5 |
2 |
Ismoil Gonsalvesh |
Paxtakor |
18 |
16 |
2 |
3 |
Marat Bikmayev |
Lokomotiv |
18 |
14 |
4 |
4 |
Murod Xolmuhammedov |
Qo‘qon-1912 |
15 |
11 |
4 |
5 |
Sardor Sobirxo‘jayev |
Bunyodkor |
15 |
3 |
12 |
6 |
Jasur Hasanov |
AGMK |
14 |
3 |
11 |
7 |
Bobur Abduxoliqov |
Nasaf |
13 |
13 |
0 |
8 |
Javlon Ibrohimov |
Bunyodkor |
13 |
11 |
2 |
9 |
Elguja Grigalashvili |
Qizilqum |
13 |
8 |
5 |
10 |
Dragan Cheran |
Paxtakor |
13 |
6 |
7 |
11 |
Aziz Turg‘unboyev |
Navbahor |
12 |
7 |
5 |
12 |
Arslanmurot Amanov |
Buxoro |
12 |
5 |
7 |
13 |
Jaloliddin Masharipov |
Paxtakor |
12 |
4 |
8 |
14 |
Yovan Jokich |
AGMK |
11 |
11 |
0 |
15 |
Artur Gevorkyan |
Qizilqum |
11 |
9 |
2 |
16 |
Sardor Rashidov |
Lokomotiv |
11 |
8 |
3 |
17 |
Sanjar Shoahmedov |
Lokomotiv |
11 |
5 |
6 |
18 |
Zohid Abdullayev |
Metallurg |
10 |
7 |
3 |
19 |
Islom Isoqjonov |
Metallurg |
10 |
7 |
3 |
20 |
Nemanya Yovanovich |
Qizilqum |
10 |
6 |
4 |
ENG YOSH... ENG TAJRIBALI...
Ko‘rsatkich |
Yoshi |
Futbolchi |
Jamoasi |
Gol urgan eng yosh futbolchi |
18 yosh 178 kun |
Avaz O‘lmasaliyev |
Neftchi |
Gol urgan eng yoshi katta futbolchi |
40 yosh 32 kun |
Anvar Berdiyev |
Neftchi |
Golga assistentlik qilgan eng yosh futbolchi |
18 yosh 178 kun |
Avaz O‘lmasaliyev |
Neftchi |
Golga assistentlik qilgan eng yoshi katta futbolchi |
35 yosh 115 kun |
Jasur Hasanov |
AGMK |
Maydonga tushgan eng yosh futbolchi |
16 yosh 79 kun |
Jasur Jaloliddinov |
Bunyodkor |
Maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi |
40 yosh 202 kun |
Anvar Berdiyev |
Neftchi |
«Sariq» olgan eng yosh futbolchi |
17 yosh 121 kun |
Oston O‘runov |
Navbahor |
«Sariq» olgan eng yoshi katta futbolchi |
36 yosh 95 kun |
Anvar G‘ofurov |
Bunyodkor |
«Qizil» olgan eng yosh futbolchi |
20 yosh 122 kun |
Abror Ismoilov |
Neftchi |
«Qizil» olgan eng yoshi katta futbolchi |
33 yosh 233 kun |
Erkin Boydullayev |
Qizilqum
|