Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi "F" guruhida Yaponiya, Turkmaniston va Ummon terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqadagi ilk uchrashuv 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Ummon terma jamoasini tajribali gollandiyalik mutaxassis Pim Verbek boshqarib bormoqda. Ummonliklar Verbek qo‘lostida shu yilning yanvar oyida Fors Ko‘rfazi musobaqasida g‘alaba qozonishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Ummonga qarshi o‘yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, biz bu terma jamoaga qarshi jami 5ta o‘yin o‘tkazganmiz. Shularning bittasida g‘alaba qozonib, 4ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraganmiz. To‘plar nisbati 8-7 raqiblarimiz foydasiga.
Umid qilib qolamizki, Osiyo Kubogi musobaqasida ushbu statistikani yaxshilashga muvaffaq bo‘lamiz.
08.09.2001 O‘zbekiston - Ummon 5:0
13.10.2001 Ummon - O‘zbekiston 4:2
20.08.2008 Ummon - O‘zbekiston 2:0
27.05.2014 O‘zbekiston - Ummon 0:1
29.05.2014 O‘zbekiston - Ummon 0:1
Messi yana bir noyob rekordga erishdi [9717]
Polymarket «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritni e’lon qildi [9241]
JCH-2026 finali: Lionel Messining Ispaniyaga qarshi o‘yindagi statistikasi [3959]
Messi JCH-2026 finalidan keyin Yamal unga nima deganini aytib berdi [3747]
JCH-2026, final. Ispaniya - Argentina - 1:0 (Videosharh) [3585]
Kroos: «Futbol g‘alaba qozondi» [2788]
Messi ko‘z yoshlarini tiya olmadi (Foto) [2619]
Vinisius «Real»ning yangi futbolchisiga murojaat qildi [2599]
Kilian Mbappe barcha davrlar futboli rekordini o‘rnatdi [2538]













