Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekistonda ilk marotaba! MOQ «Milliy sport mukofoti-2018» taqdirlash marosimini o‘tkazadi

O‘zbekistonda ilk marotaba! MOQ «Milliy sport mukofoti-2018» taqdirlash marosimini o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

2018 yil o‘zbek sporti uchun har tomonlama muvaffaqiyatli kechdi. Yil davomida o‘zbekistonlik sportchilar Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII Osiyo va III ParaOsiyo o‘yinlari, shuningdek, Argentinadagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida medallar soni bo‘yicha ham, sifati bo‘yicha ham rekordlarni yangilashdi. Bundan tashqari hamyurtlarimiz turli xalqaro musobaqalarda, reyting turnirlarida, qit’a va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Yil yakunlangani sari, har bir sohada erishilgan yutuqlar, kamchiliklar sarhisob qilinadi, eng yaxshilar e’tirof etiladi. Jumladan, sport sohasida ham. Shu maqsadda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan ilk marotaba katta masshtabdagi «National Sports awards-2018» (Milliy sport mukofoti-2018) taqdirlash kechasi tashkil etiladi.

Xabaringiz bor, sport sohasida yil lauretlarini aniqlash maqsadida MOQ rasmiy sayti www.olympic.uz da to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha so‘rovnoma tashkil etilgandi. Endi Milliy olimpiya qo‘mitasining maxsus komissiyasi so‘rovnoma natijalarini o‘rganib chiqadi va yakuniy qaror 28 dekabr kuni «Xalqaro anjumanlar saroyi»da o‘tkaziladigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi. O‘sha oqshom umumiy hisobda 18 yo‘nalida yilning eng yaxshilariga mukofotlar topshiriladi.

Darvoqe, ushbu tantanali taqdirlash marosimiga tashrif buyurish imkoniyati muxlislarda ham mavjud. Olympic.uz saytining Facebook’dagi sahifasi orqali tashkil etiladigan tanlov orqali ushbu tadbir uchun taklifnomani qo‘lga kiritishingiz mumkin. Shoshiling, bunaqasi hali bo‘lmagan!

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:36, 22.12.2018.
O'qildi: 1730 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.