Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Alisher Usmonov «Arsenal» aksiyalarini nega sotib yuborgandi?

Alisher Usmonov «Arsenal» aksiyalarini nega sotib yuborgandi?

Baho:
+ | -

Miliader Alisher Usmonov  «Forbes Rossiya»ga bergan intervsida Londonning «Arsenal»i aksiyalarining sotib yuborilishi, «Paxtakor»ning aksioneri bo‘lishdan maqsadi xususida to‘xtaldi. 

«Paxtakor»ning aksioneri bo‘lishdan maqsad nima? U hech qachon «Arsenal»dek milliardlar keltirmaydi-ku» degan savolga Usmonov quyidagicha javob bergan:

«Arsenal» bundan ham ko‘proq yoki kamroq turishi mumkin. «Arsenal» o‘sish imkoniyatiga ega. Xuddi «Paxtakor»dek. Osiyo mintaqasi Afrika kabi futbol maydonlarida o‘z pozisiyasini kuchaytiradi. Hozircha futbol - bu Lotin Amerikasi va Yevropa. Ammo JCHda yuqori darajalarga erishishi mumkin bo‘lgan jamoalar bor. Oxirgi JCHda Yaponiya 1/8 finalga chiqdi».

Shuningdek, Usmonov «Arsenal»ni sotishga ilojsizlik majbur qilganini ham aytgan.

«Bir u, bir bu aksionerdan himoya qilinadigan kam miqdordagi aksiyalarga ega guruh aksiyalarni Kronkega sotdi. Biz uzoq muzokara olib bordik, undan aksiyalar paketini (67 foiz) sotib olmoqchi bo‘ldik. Keyin uning aksiyalarni sotish niyati yo‘qligini tushundik. Shundan so‘ng biz sotishga qaror qildik. Ishning u yerdagi yuritilishida, bunday rahbariyat bilan qolishdan ma’no yo‘q edi. U menga men unga taklif qilgan narxni taklif qildi. Tadbirkorlik etikasi bo‘yicha unga javob bermaslik noto‘g‘ri bo‘lardi. Men ham sotib yubora qoldim» degan Usmonov.

«Arsenal»ga kiritgan investisiyalaringiz ortidan yaxshigina foyda oldingiz. Shu kabi «futbol o‘yinlari»ni istiqbolli deyish mumkinmi? Hozircha futboldan pul ishlaganlar juda kam. Abramovich «Chelsi»ga 2milliarddan ortiq tikdi. U hozircha minusda, shunday emasmi?» degan savolga milliader:«Yo‘q, klub hozir ancha qimmatlashdi - 2,5 mlrd £dan 3 mlrdgacha. U 1-1,5 mlrd orasida pul tikkan. U endi yaxshi pul topishi mumkin edi. Ammo mendek, uch barobar emas. Men «Arsenal»ga bor yo‘g‘i 150 mln £ tikkandim» deya javob qaytargan. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 03:49, 23.12.2018.
O'qildi: 7221 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.