Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha vazir Yoshitaka Sakurada bilan uchrashuv tashkil etildi

Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha vazir Yoshitaka Sakurada bilan uchrashuv tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 24 dekabr kuni Tokioda O‘zbekiston MOQning Yaponiyadagi vakili va maslahatchisi Mansur Bahriddinovning Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha vazir, yapon Parlamenti deputati Yoshitaka Sakurada bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiyaning Liberal demokratik partiyasi Bosh kotibi Xirotaka Ishixara, sport assosiasiyalari va Keyo Universiteti vakillari ishtirok etishdi.

Do‘stona ruxda kechgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda Prezident SH.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, jismoniy tarbiya va sport sohasida qilinayotgan ishlar, o‘zbekistonlik sportchilarning Tokio 2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayoni va boshqa masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, O‘zbekiston MOQ prezidenti U. Ahmadjonovning 2018 yil iyun oyidagi tashrifi yakunlari, Keyo Universitetining taniqli sport professori Xiroyuki Ishidaning hamkasbi bilan birga (noyabr oyidagi) Toshkentga tashrifi yakunlari muhokama qilindi.

Y.Sakurada vazir lavozimiga tayinlangunga qadar bir marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurganini, mamlakatimizga bo‘lgan iliq munosabati haqida gapirdi. Vazir Tokio Olimpiadasida O‘zbekistonning salohiyati katta ekanligi haqida ta’kidladi. Shuningdek, yapon sporti hisoblangan dzyudo va karate bo‘yicha ham suhbatlashildi.

O‘z navbatida, Y.Sakurada mamlakatimizga taklif qilindi va Respublikamizda bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan shaxsan tanishishdan mamnun ekanligini izhor etdi. Uchrashuvda vazir O‘zbekiston MOQ bilan hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi va yaqinlashib kelayotgan 2019 yil bilan tabrikladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:45, 24.12.2018.
O'qildi: 2041 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.