Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Hududlardan saralab olingan yosh hakamlarni attestasiyadan o‘tkazish jarayoni boshlandi

Hududlardan saralab olingan yosh hakamlarni attestasiyadan o‘tkazish jarayoni boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda hakamlikni rivojlantirish, hakamlar malakasini oshirish, ularning kasbga bo‘lgan layoqatlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida, muntazam ravishda hakamalarni attestasiyadan o‘tkazib kelmoqda.   Shunga ko‘ra, bugun 25 dekabr kuni Toshkent shahrida Respublikamizning barcha hududlaridan saralab olingan 30 nafardan ortiq yosh hakamlarni attestasiyadan o‘tkazish jarayoni boshlandi.    Attestasiyada hakamlar jismoniy tayyorgarlik hamda futbol o‘yini qoidalari bo‘yicha sinovdan o‘tishlari belgilab qo‘yilgan. Kunning birinchi qismida Toshkent shahridagi Yengil Atletika federasiyasi yugurish yo‘lakchasida yosh hakamlardan normativlar qabul qilindi.  Kunning ikkinchi yarmida  "Chig‘atoy" sport majmuasida hakamlar o‘yin qoidalari bo‘yicha imtihon topshirishadi. Imtihonlar O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilmoqda.    Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh hakamlar kelasi yilning yanvar oyida Pro-liga hakamlar uchun bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif etiladi. 
Manba: UFA
Kiritildi: 15:29, 25.12.2018.
O'qildi: 2402 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик